Billur saroy
Billur saroy (Grystal Palace) -Londondagi inshoot. Muhandislik sanʼatining noyob namunasi. Gaydparkda Butunjahon koʻrgazmasi ochilishi munosabati bilan yagona nusxada qurilgan. Saroy 4 oy (26.9.1850 12.1.1851 )da Jozef Pekston (olim, bogʻbon) loyihasi asosida uch nefpi bazilika uslubida yigʻma temir boʻlaklari va shishadan hashamatli qilib bunyod etilgan. Uning asosiy nefi 563 m, eni 124 m, markaziy nefining balandligi 19,5 m ni tashkil qilgan. Bino oldindan tayyorlangan boʻlaklar — temir ustunlar (3300 dona), shu ustunlarni oʻzaro biriktirib turgan temir fermalar va oynavand temir romlardan yigʻib barpo qilingan. Boʻylama modul sifatida 7,3 m oʻlcham qabul qilingan. Inshoottarxda andozaviy (standart) kataklarga boʻlingan. Katak asosini 122x25 sm oʻlchamli andozalashtirilgan shisha plitalar tashkil qiladi. Bu plitalar temir romlar ichiga olingan boʻlib, pavilon sinchlarining orasiga shu romlar terib chiqilgan. Faqat inshootning usti yigʻma yogʻoch ravoqlar bilan yopilgan. Pavilon binosi yangi texnikaviy uslubda yaratilganligi bilan hammani hayratga solgan va qurilish texnikasining istiqboli timsoli boʻlib qolgan. U oʻz salobati va billuriy taassurota tufayli Billur saroy nomini olgan. Koʻrgazma tugagach, Billur saroy Saydenxemga olib kelinib, qayta oʻrnatilgan. 1936-yil yongʻin natijasida vayron boʻlgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |