Kontent qismiga oʻtish

Binance

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Binance – bu kriptovalyuta birjasi boʻlib, u turlicha kriptovalyutalar bilan savdo qilish platformasidan iborat. 2021-yil aprel oyi holatiga Binance savdo hajmi boʻyicha dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjasi boʻlib hisoblangan.[1]

Binance logotipi

Binance platformasiga Changpeng Zhao (Chanpen Chjao) asos solgan boʻlib, u muqaddam yuqori chastotali savdo uchun dasturiy taʼminot tuzish bilan shugʻullangan. Avvaliga Binance Xitoyda joylashgan edi, lekin keyinchalik, Xitoydagi kriptovalyuta bilan bogʻliq tartibga solish qoidalarining kuchaytirilishi oʻlaroq, birja Xitoydan koʻchgan.

Binance faoliyati rasman global muassasalar tomonidan tartibga solinmaydi.[2] Kompaniyaning shtab-kvartirasi qaysi davlatda joylashganligi ham aniq emas.[3] 2018-yilda Bloomberg bergan xabariga koʻra, Binancening shtab-kvartirasi Maltada joylashgan.[4] 2018-yil aprel oyida Binance Bermud orollari hukumati bilan oʻzaro hamfikrlik haqida Memorandum (MoV) imzolaydi.[5]

2020-yil 21-fevralda Malta moliyaviy xizmatlari Boshqarmasi ommaviy arizanoma chop etib, unda „Binance ga MFSA tomonidan kriptovalyutalar sohasida ishlashga vakolat berilmagan, binobarin, MFSA tomonidan nazorat qilinishi majburiy emas“ deb qayd etilgan.[6]

2020-yil 28-oktyabrda Forbes xodimlari Binance va Changpeng Zhao (CZ taxallusi bilan ham mashhur) AQShning tartibga soluvchi organlarini qasddan aldab oʻtuvchi va investorlardan kriptovalyutada xufyona foyda olishga moʻljallangan murakkab korporativ tuzilmani yaratganligi toʻgʻrisidagi „sizib chiqqan“ hujjatlarni oshkor qildi.[7]

2021-yil 20-aprelda Tramp maʼmuriyati qoshidagi LʼOffice of the Comptroller of the Currency boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchisi Brayan Bruks Binance. USning yangi ijrochi direktori etib tayinlandi.[8]

  1. „Top Cryptocurrency Spot Exchanges“ (en). coinmarketcap.com. Qaraldi: 2021-yil 6-may.
  2. „Binance Review 2021“ (en). comparebrokers.co. Qaraldi: 2021-yil 6-may.
  3. „Binance Doesn’t Have a Headquarters Because Bitcoin Doesn’t, Says CEO“ (en). au.news.yahoo.com. Qaraldi: 2021-yil 6-may.
  4. „World's Biggest Cryptocurrency Exchange Is Heading to Malta“ (en). bloomberg.com. Qaraldi: 2021-yil 6-may.
  5. „THE CONTINUING DEVELOPMENT OF A FINTECH ECOSYSTEM FOR BERMUDA“ (en). bernews.com. Qaraldi: 2021-yil 6-may.
  6. „Public Statement - MFSA“ (en). mfsa.mt. Qaraldi: 2021-yil 6-may.
  7. „Leaked ʻTai Chi’ Document Reveals Binance’s Elaborate Scheme To Evade Bitcoin Regulators“ (en). forbes.com. Qaraldi: 2021-yil 6-may.
  8. „Cryptocurrency Giant Binance.US Hires Former Top Bank Regulator“ (en). wsj.com. Qaraldi: 2021-yil 6-may.