Binat Bibi masjidi
Masjid | |
Masjidning 2007-yilgi holati | |
Mamlakat | Bangladesh |
Shahar | Dakka |
Koordinatalar | 23°42′40″N 90°25′05″E / 23.71111°N 90.41806°E |
Asoschi | Baxt Binat |
Asosiy sana: 1454-yl
| |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbazlar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Holati | aktiv |
Binat Bibi masjidi Vikiomborda |
Binat Bibi masjidi (bengalcha: বিনত বিবির মসজিদ) Dakkada Marhamatning qizi Baxt Binat tomonidan 1454-yilda qurdirilgan va bugungi kunga qadar saqlanib qolgan eng qadimgi masjiddir. U Bengaliya sultoni Nosiriddin Mahmudshoh (1435–1459) davrida bunyod etilgan. Masjid Narinda hududidagi Hayot Bepari koʻprigi yonida joylashgan.
Masjid toʻrtburchak shaklda, bir gumbazli, ichki qismi 12 fut (3,7 m) lik kvadrat koʻrinishida boʻlib, kvadrat xonaning tepasida bitta yarim sharsimon gumbazi mavjud. Kirish eshiklarilar sharqda, shimolda va janubda joylashgan. Boburiylar davrigacha boʻlgan oʻziga xos xususiyatlarga qayrilma karnizlar va naqshinkor devorlar, sakkizburchakli minoralar hamda janub, shimoliy va sharqiy tomonlardagi kamarlar kiradi. Bezatish oddiy tarzda boʻlgan va bino gips bilan qoplangan.
Masjidning bir qismi 70 fut (21 m) balandlikdagi minora qurish va hozirgi binoni uch qavatdan yetti qavatga yetkazish loyihasini amalga oshirish maqsadida buzilmoqda.
Tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid kvadrat shakldagi, bir gumbazli masjid boʻlib, uzunligi 12 fut (3.7 m) ni ashkil etadi. Kirish eshiklari sharqda, shimolda va janubda joylashgan. Boburiylar meʼmorchiligigacha boʻlgan oʻziga xos xususiyatlarga qayrilma kornizlar va naqshinkor devorlar, sakkizburchakli minoralar hamda janub, shimoliy va sharqiy tomonlardagi kamarlar kiradi. Bezatish oddiy tarzda amalga oshirilgan va bino gips bilan qoplangan[1]. Binat Baxt dafn etilgan masjidning shimolida joylashgan fors (eroniy) tilida yozilgan masjidning tosh yozuvi saqlanib qolgan. Devor qalinligi taxminan 1,82 m. Mehrabning gʻarbiy devorning orqa tomonida proyeksiyasi boʻlgan.
Yagona gumbazli masjid vaqt oʻtishi bilan janubiy devori buzilib, janubga choʻzilgan holda toʻrtburchak shaklga keltirilgan. 1932-yilda yana yangi gumbaz qoʻshilgan. 1962-yilda gʻarbiy tomonga yangi mehrob qurilgan. Vaqt oʻtishi bilan Boburiylar davrigacha boʻlgan asl xususiyatlar yoʻqolib ketgan, gʻarbiy ayvonning tashqi jabhasi, shimoliy devori, gumbazi va suv havzasining yon devorlari anʼanaviy chinitukri ishlari (keramika yoki shisha parchalari) bilan bezatilgan. Yangilangan devorlar asl strukturaning qalinligiga ega emas edi, shuning uchun mavjud tuzilmani qanday boʻlganligini aniqlash mumkul emas. Hozirgi vaqtda Boburiylargacha boʻlgan davrga oid saqlanib qolgan inshoot xususiyatlar – bu yozuv, sharqiy devor, shimoliy devor, asl gumbaz va egri kornizigi xalos[2].
Hozirgi holati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjidning bir qismi 70-fut (21 m) qurilishni oʻz ichiga olgan taʼmirlash rejasini amalga oshirish maqsadida buzilmoqda. Loyihaga koʻra, baland minorani taʼmirlash va hozirgi binoning uch qavatdany etti qavatgacha uzaytirish ishlari amalga oshrilishi kutilmoqda[1].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Masjidning minorasi (2020-yil, Pratyay Hasan)
-
Binat Bibi masjidining moviy minorasi
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Pre-Mughal structure in ruin: Binat Bibi mosque partly demolished“. The New Nation. 2007-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 16-iyul.
- ↑ Khan, Fariel (September 1997). Conservation issues of historical mosque of Dhaka city (PDF) (Masters of Architecture). Bangladesh University of Engineering & Technology. 5.2–5.6-bet.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Binat Bibi masjidi haqida turkum mavjud |