Kontent qismiga oʻtish

Binaural effekt

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Binaural effekt (bi... va lot. Auris — quloq) — tovush qabul qilish aʼzosi (quloq) orqali odam yoki hayvonlarning tovush chnqqan tomonni aniklay olish qobiliyati. Tovush manbaga yaqin tomondagi quloqqa tezroq eshitiladi, shuning uchun tovush toʻlqinining bosimi har ikki quloq kanalida faza va amplituda jihatdan farq qiladi. Bu farq yuksak chastotali tovush uchun katta boʻladi. Uzun toʻlqin (past chastotali) boshni aylanib oʻta olgani uchun past chastotada ikkala quloqqa eshitilgan tovush amplitudalarining farqi kichik boʻladi. Amplitudalar farqi 1 db dan ortiq boʻlsa, tovush manbai katta amplituda tomonda boʻladi. Binaural effekt dan radiotexnika va kinotexnikada foydalaniladi. Tovush qabul qilgichlar orasidagi masofani oʻzgartirib, Binaural effekt ni kuchaytirish mumkin; mas, tovush pelengatorlarining ishi shunga asoslangan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil