Kontent qismiga oʻtish

Biobibliografiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Biobibliografiya (bio... va bibliografiya), shaxsiy bibliografiya — bibliografiya turi; bosma asarlar haqidagi maʼlumotlar ularning mualliflari biografiyasi va shu muallifga bagishlangan adabiyotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan birgalikda beriladi. B. lugʻat va koʻrsatkichlar shaklida boʻladi. Lugʻatlarning oddiy (solnoma) va retrospektiv (utmishga oid) xili mavjud. "Solnoma"da shu lugʻat tuzilgan yilidagi zamondoshlar, shuningdek oʻsha yili vafot etgan shaxslarga oid maʼlumotlar yoritilsa, retrospektiv lugʻatlar muhim davrlarni qamrab oladi. Keyingi davrda fan sohalari boʻyicha, shuningdek alohida mashhur fan, jamoat arboblari, yozuvchilarga bagishlangan B. koʻrsatkichlari tuzish taraqqiy etdi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil