Kontent qismiga oʻtish

Bioritmlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bioritmlar

Tushunchaning kelib chiqishi

Bu gʻoya XIX asr oxirida Vilgelm Fliess tomonidan ishlab chiqilgan va 1970-yillarning oxirida Amerika Qoʻshma Shtatlarida ommalashgan.

Organizmlarning hayotiy faoliyati ritmik ravishda yaʼni kecha-kunduz, oy davomida hamda mavsumiy oʻzgarib turadi. Tirik organizmlarning hayotiy faoliyati ritmik oʻzgarishlarga bogʻliq boʻlib, evolutsiya natijasida shakllanadi va bioritmlar deb ataladi. Bioritmlar tabiiy tanlanishning natijasidir. Yashash uchun kurashda oʻz biologik jarayonlarini ritmik oʻzgarishlariga moslashtira olgan olgan organizmlar saqlanib qoladi. Bir sutka davomida organizm fiziologik jarayonlarining ritmik oʻzgarishi kecha-kunduzlik bioritmlar deyiladi Odamning tana harorati, arterial bosimi kecha-kunduz davomida ritmik oʻzgarib turadi. Hujayralarining mitoz boʻlinishining tezligi, qon shaklli elementlarining miqdori ham kecha-kunduz davomida ritmik oʻzgaradi.

Mavsumiy bioritmlar

Mavsumiy bioritmlarga fotoperiodizm misol boʻladi. Organizmlar yil davomida kun uzunligining oʻzgarishiga moslashadi va ularda kechadigan fiziologik jarayonlar almashadi. Mavsumiy bioritmlar natijasida daraxtlarning gullashi, xazonrezgilik, hayvonlarning tullashi, qishki uyquga ketish kabi hodisalar kuzatiladi.

Adabiyotlar

A.Gʻafurov, A.Abdukarimov, J.Tolipova, O.Ishankulov, M.Umaraliyeva, I.Abduraxmonova Biologiya