Biotsenologiya
Biotsenologiya (biotsenoz va ...logiya) — ekologiya fanining bir bulimi. Biotsenozlarni tashkil etuvchi organizmlarning tarkibi, ularning uzaro munosabatlarini urganadi. B.ga oid tadqiqotlar dastlab gidrobiologiya sohasida olib borilgan, keyinchalik biologiyaning boshqa sohalari (zoologiya, botanika va boshqalar)ga tatbiq etila boshlagan. Chul, dasht, togʻ yaylovlari va urmonlaridagi oʻsimliklarni oʻrganish fitotsenoz, hayvonot dunyosi tugʻrisidagi ishlar esa zootsenoz to'g'risidagi taʼlimotning yaratilishiga olib keldi. B. sohasida olib borilayotgan ishlar hayvonot va oʻsimliklar dunyosi ning tabiiy boyliklaridan unumli foydalanish, ularni muhofaza qilish va xilmaxilligini saqlab qolish bilan bogʻliq muammolarni hal etishda katta ahamiyatga ega.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |