Kontent qismiga oʻtish

Bir kun (roman)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bir kun
Muallif(lar) David Nicholls
Muqova artist(lar)i Craig Ward
Mamlakat Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Til Inglizcha
Nashr etilgan sanasi 11-iyun 2009-yil
Nashriyot Hodder & Stoughton
Sahifalar soni 448
ISBN 0-340-89696-5

Bir kun – David Nichollsning 2009-yilda nashr etilgan ishqiy mavzudagi romani. Romanning har bir bobi 20 yil davomida 15-iyul, Sent Svitin kunida ikki qahramonning hayotida boʻlayotgan voqealarni qamrab oladi. Roman haqida koʻplab ijobiy fikrlar bildirildi va kitob 2010-yilda „Galaxy Book“ mukofotini qoʻlga kiritdi[1]. Nichollsning ushbu kitobi asosida suratga olingan badiiy film xuddi shu nom ostida 2011-yil avgust oyida chiqarildi.

Dexter va Emma 1988-yilda Edinburg universitetini tamomlagandan keyin birga tunashdi. Ular 40 yoshga kirganda qanday boʻlishlari haqida suhbatlashadilar. Garchi ular toʻliq ishqiy munosabatda boʻlishmasa ham, bu ularning doʻstligining boshlanishi edi. Roman 20 yil davomida har bir bobda ketma-ket 15-iyul sanasidagi ularning hayoti va munosabatlarini yoritib boradi.

Emma dunyoni yaxshilashni xohlaydi hamda pyesalar yozishni va ijro etishni boshlaydi, ular esa muvaffaqiyatsiz boʻlib chiqadi. Dexter esa dunyo boʻylab sayohat qiladi, ichadi va ayollar bilan bogʻlanib qoladi. Oxir-oqibat ikkalasi ham Londonga koʻchib oʻtadi. U yerda Emma Kentish Town shahrida, Tex-Mex restoranida ofitsiant boʻladi. Dexter esa muvaffaqiyatli teleboshlovchiga aylanadi.

Har ikkisida ham munosabatlarni boshlash uchun turli xil urinishlar boʻlsa-da, tasodiflar Emma va Dexterning uchrashishlariga toʻsqinlik qiladi. Ular boshqa odamlar bilan munosabatda boʻlishsa-da, eng yaxshi doʻst boʻlib qoladilar. Har biri yashirincha bir-biri bilan boʻlishni orzu qiladi. Ular Dexterni onasining oʻlimi orqali yana yaqinlashadilar.

Emma oʻzi sevmaydigan odam bilan hayot qurayotganini anglab yetgach, yigiti Ian bilan ajrashdi. Bu vaqt ichida u uzoq yillik harakatlardan soʻng oʻqituvchi sifatida ish topa oladi. Ayni paytda Dexter ichkilik va giyohvandlikka berilib ketadi hamda uning martabasi qulashini boshlaydi.

Dexter Emmani doimiy ravishda xafa qilaverganidan keyin Emma va Dexterning doʻstligi tobora yomonlashib boradi. Nihoyat, restoranda Dexter tomonidan qoʻpol muomala qilinganidan soʻng, Emma ular orasidagi doʻstlikni uzadi.

Emmaning sobiq xonadoshining toʻyida Emma va Dexter yana uchrashadilar. Emma Dexterni qaytishini xohlayotganini tan oladi. Ayni paytda u oʻzi oʻqiyotgan maktab direktori bilan ishqiy munosabatlarini tugatadi va Dexter homilador boʻlgan boshqa ayol Silvini sevib qoladi. Bu uchrashuvda Dexter vaziyatdan hafsalasi pir boʻlgan Emmani toʻyiga taklif qiladi.

Emma oʻz muammolarini yengib oʻtishga harakat qiladi va yana asarlar yozishni boshlaydi. Dexter esa ishsiz va ishqiy munosabatda boʻlgan Silvi bilan ajrashganidan soʻng otalik roli bilan band boʻlib qoladi. Emma oʻzining birinchi muvaffaqiyatli bolalar romanining davomini yozish umidida Parijga joʻnab ketadi. Dexter Parijga tashrif buyurganida, u Emmani yoqtirishini anglab yetadi va birinchi marta unga boʻlgan his-tuygʻularini tan oladi. Emmaga munosabatlari haqida gapirgandan soʻng, Emma Dexterni kechiradi.

Emma va Dexter qayta munosabat oʻrnatib, birgalikda baxtli boʻlishadi va turmush qurishadi. Lekin Emma farzand koʻrishni xohlaydi. Er-xotin farzandli boʻlishga boʻlgan muvaffaqiyatsiz urinishlardan hafsalasi pir boʻladi. Biroq, Dexter deli-kafe ochishga qodir edi va oʻzini muvaffaqiyatga qaytish yoʻlida deb hisoblaydi.

Ular oʻqishni tugatgandan soʻng uchrashgan kunning yubileyida va ular uchrashgan kunida Emma va Dexter uyni koʻrish uchun uchrashuvga kelishdi. Emma u yerga sayohat qilayotganda velosipedda halokatga uchraydi va vafot etadi. Uning oʻlimidan soʻng, Dexter umidsizlikka tushib qoladi. U yana ichishni boshlaydi.

Unga sobiq rafiqasi Silvi, otasi va qizi tasalli beradi. Emmaning oʻlimidan uch yil oʻtgach, Dexter qizi bilan Edinburgga sayohat qiladi.

Kitob 20 yil oldin birga boʻlgan oʻsha kundan keyin sodir boʻlgan voqealarning yorqin va uzoq xotirasi bilan tugaydi.

Moslashuvlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kitob nashr etilganida Nicholls oʻz romanini kino ssenariysi sifatida moslashtirganini yozgan edi. U suratga olish jarayonidagi qiyinchiliklar haqida shunday degan edi: „Ham talaba, ham oʻrta yoshli shaxs roliga mos keladigan odamlarni topish va ular ichidan ushbu rol uchun mos keladiganini tanlash ancha qiyin boʻldi. Ammo, biz buning yoʻlini topdik“[2].

Film Lone Scherfig rejissiyorligida Random House Films va Focus Features studiyalari tomonidan suratga olindi hamda 2011-yil avgust oyida kinoteatrlarda namoyish etildi. Filmda Anne Hethaway va Jim Sturgess mos ravishda Emma va Dexter rollarini oʻynashdi[3]. Suratga olish ishlari Angliya, Shotlandiya va Fransiya davlatlarida boʻlib oʻtdi[4].

2021-yil noyabr oyida Netflix kompaniyasi ushbu roman asosida teleserial suratga olishini eʼlon qildi. Serialning ssenariy yozuvchi maxsus guruhini Anna Jordan, Vinay Patel va Bijan Sheibani bilan birga ishlovchi Nicole Taylor boshqardi. Ushbu serial Drama Republic, Universal International Studios va Focus Features studiyalari tomonidan ishlab chiqarildi[5][6]. Serialda Ambika Mod va Leo Woodall bosh rollarni ijro etishdi[7].

  1. „David Nicholls One Day is Galaxy Book of the Year“. GNBA. 2011-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-avgust.
  2. Moggach, Lottie. „David Nicholls – One Day book review“. The London Paper (2009-yil 9-iyun). 2009-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 22-noyabr.
  3. Plath, James. „Anne Hathaway Starts Filming One Day, Based on the New York Times Bestseller“. DVD Town (2010-yil 17-iyul). 2010-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 20-iyul.
  4. One Day. Internet Movie Database, 2009. 
  5. Yossman. „Netflix Commissions Five U.K. Series Including Re-Make of David Nicholls' 'One Day' and Abi Morgan's 'Eric'“. Variety (2021-yil 30-noyabr).
  6. Zamlout, Nicole. „Netflix Orders Five New U.K. Shows, Including 'One Day' Remake“. Collider (2021-yil 30-noyabr).
  7. Geall. „Netflix's One Day: This Is Going To Hurt's Ambika Mod set to star“. Stylist (2022-yil 23-iyun).