Bir tomonlama akt
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bir tomonlama akt — xalqaro huquq sub’ekti tomonidan bir tomonlama amalga oshirilayotgan va xalqaro-huquqiy ahamiyatga ega boʻlgan xatti-harakat. Yuridik bir tomonlama akt faqatgina davlatlarning shunday xohish-istaklari va xatti-harakatlari hisoblanadiki, unga muvofiq xalqaro huquq huquqiy oqibatlari kelib chiqadi, yaʼni xalqaro huquqqa koʻra yuridik akt yuzaga keladi. Bir tomonlama akt belgilangan ahamiyatga ega boʻlish uchun: xohish-istak har doim xalqaro-huquqiy oqibatlarning yuzaga kelishiga qaratilgan boʻlishi lozim, modomiki, xalqaro huquq sub’ektining har qanday bir tomonlama akti ham bunday oqibatni keltirib chiqaravermaydi. Shuni taʼkidlab oʻtish lozimlo, xalqaro-huquqiy normalar mavjud boʻlishi lozim, ular asosida yoki ular bilan bogʻliq ravishda tegishli yuridik akt yuzaga keladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻzbekiston Yuridik Ensiklopediyasi