Birgalik kelishigi
Grammatikada birgalik kelishigi gapdagi ish-harakatni bajarishda shaxs bilan birga qatnashgan ot yo otlarga qo’shiladigan qo’shimchadir, shu jihatidan bu kelishik bosh kelishikka juda õxshab ketadi, ammo birgalik kelishigining farqi shundaki, bosh kelishik ish-harakatning bajaruvchisini bildirsa, birgalik kelishigi bajaruvchining hamrohini bildiradi. Bu kelishik hozirgi Turkiy tillarda, Yoqut va Do’lgan tillaridan tashqari, saqlanib qolmagan. Birgalik kelishigi hozirgi Turkiy tillarda vosita kelishigi bilan bir xil bo’lib qolgan (ya’ni vosita kelishigi ham vositani va ham birgalikni anglatuvchi kelishikka aylanib qolgan). Bu holatga yaqqol misol sifatida quyidagi gapni olsak bo’ladi: O’zmish o’rtog’ila (ya’ni o’rtog’i bilan) tog’da nonni pichoqla (ya’ni pichoq bilan) kesib oldi. O’zmish so’zi ish-harakatning bajaruvchisi o’rtog’ila so’zi esa bajaruvchining hamrohidir, pichoqla so’zi esa vositadir. Bu oxirgi ikki so’zga bilan ma’nosini anglatuvchi -la qo’shimchasi qo’shilgan bo’lsada, har ikkala so’zning grammatik vazifasi boshqa-boshqadir.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |