Kontent qismiga oʻtish

Birlamchi va ikkilamchi sifatlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Birlamchi va ikkilamchi sifatlar — 17—18-asrlar bilish nazariyasidagi tushunchalar. Narsalar sifatini farqlash uchun qoʻllangan. Bu tushuncha Aristotel, Demokrit, Dekart, Gassendi, Gobbs asarlarida uchrasada, dastlabki termin sifatida uni ingliz faylasufi J. Lokk qoʻllagan. J. Lokk fikricha, birlamchi yoki obyektiv sifatlar — uzunlik, kattalik, hajm, figura va boshqadir; ikkilamchi yoki subyektiv sifatlar — rang, ovoz, maza, hid va boshqadir.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil