Birlashgan Arab Amirliklari geografiyasi
Birlashgan Arab Amirliklari hududi Arabiston yarim orolining shimoli-sharqiy qismida joylashgan. BAA janubda va gʻarbda Saudiya Arabistoni, sharqda Ummon bilan chegaradosh. Uning shimoliy qirgʻogʻi Eron qarshisidagi Fors koʻrfazi boʻylab joylashgan. Qatar esa shimoli-gʻarbda atigi 50 km uzoqlikda joylashgan. BAA yettita amirlikdan iborat — Abu Dabi, Ajman, Dubay, Fujayra, Ras al-Xayma, Sharja va Umm al-Qayvayn. Bu amirliklar birgalikda Portugaliya bilan bir xil kattalikdagi maydonni egallaydi. Abu-Dabi amirligi BAA umumiy maydonining 85 foizini egallaydi. Amirliklarning eng kichigi Ajman — atigi 250 km²[1].
BAA geografiyasining oʻziga xos xususiyati shundaki, Birlashgan Arab Amirliklari hududining katta qismini choʻl (Rub al-Xali) egallaydi. Bu dunyodagi qum bilan qoplangan eng katta hudud. Birlashgan Arab Amirliklarining qirgʻoqboʻyi hududlari tuz qatlami bilan qoplangan, u yerda tuz konlari bor, mamlakatning shimoliy va sharqiy hududlari esa yashil maydon (tabiat) bilan qoplangan. Respublikaning shimoliy va sharqiy rayonlari uchun togʻli releflarning ahamiyati katta.
Iqlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mamlakatning iqlimi juda issiq va quruq (tropik choʻl). Bu yerda qum boʻronlarini uchratish mumkin. Yoz oylarida soya-salqinda oʻrtacha maksimal harorat taxminan 40-47 °C ni tashkil qiladi, lekin koʻpincha 50 °C ga yetadi. Qishki harorat: kunduzi 20-23 °C, kechasi sovuqroq, ammo sovuqlar juda kam uchraydi. Yogʻingarchilik mavsumi tartibsiz, asosan noyabrdan maygacha, yillik koʻrsatkichi taxminan 100 mm[2].
Yovvoyi tabiat
[tahrir | manbasini tahrirlash]2007-yilda fauna vakillari - arab leopari va arab oriksi tabiatga qaytdi ya'ni ko'paydi. Uyerda koʻpincha bir oʻrakachli tuyalar va yovvoyi echkilarni koʻrish mumkin. Bahorgi va kuzgi mavsumda Markaziy Osiyo va Sharqiy Afrikadan uchib kelayotgan qushlarning, mamlakat shimolida katta galasini kuzatish mumkin.
Fujayra va Ras al-Xayma amirliklaridagi togʻli hududlardan tashqarida, hukumatning mamlakatdagi koʻkalamzorlashtirish dasturi asosida, oʻsimliklarning katta qismi hamda mamlakatning sharqiy chegarasidagi Buraymi vohasidagi xurmozorlar ham ko'chirib olib kelingan. Oʻsimlik dunyosi uchun qiyin boʻlgan choʻl iqlimiga qaramay, Dubayda dunyodagi eng katta gul bogʻi ochildi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |