Kontent qismiga oʻtish

Birlashgan koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Birlashgan koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Yashnobod
Uzunligi 1.6km
Boshlanish koordinatalari 41°17′07″N 69°20′20″E / 41.285363°N 69.338867°E / 41.285363; 69.338867
Tugash koordinatalari 41°17′34″N 69°21′21″E / 41.292777°N 69.355870°E / 41.292777; 69.355870
Yaqin metro bekatlari Tuzel metrosi
Yoʻnalishli taksilar 91, 111, 166
Kesishgan koʻchalari Birlashgan 2-tor koʻchasi
Koʻchada joylashgan binolar Yashnobod tumangaz, 373-bogʻcha, 4-son shahar klinik shifoxonasi, 329-bogʻcha, Koʻp qavatli uylar, stadion, 226-maktab, 103-maktab internat, 240-bogʻcha
Map
Birlashgan koʻchasining xaritada koʻrinishi

Birlashgan koʻchasi — umumiy uzunligi qariyb 1.6 km boʻlgan koʻcha, shaharning sharqiy qismida, Toshkent shahri Yashnobod tumani hududida joylashgan[1].

Kesishgan koʻchalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻcha Izzat koʻchasi bilan kesishgan qismidan boshlanib, Aviasozlar 2-tor, Aviasozlar, Birlashgan 2- va 6-tor koʻchalari Beshariq 3- va 4-tor koʻchalari, Sholoxov 1-tor koʻchasi, Birlashgan 4-tor koʻchasi, Birlashgan 4-tor koʻchasi, Griboyedov koʻchalari bilan kesishib Ohngaron yoʻli bilan kesishgan joyda tugaydi. Beshariq koʻchasiga (sobiq Sholoxov koʻchasi) parallel ravishda oʻtadi.

Izzat koʻchasidan kirilganda 240-bogʻcha, 103-maktab internat, 30-son mehribonlik uyi, futbol maydoni, 226-maktab, 5-qavatli turar joy binolari, 329-bogʻcha, I. Ergashev nomli 4-son shahar klinik shifoxonasi (tugʻruqxona), Korzinka SM, dorixonalar, doʻkonlar, 373-bogʻcha, Yashnobod tumangaz, aholi xonadonlari joylashgan.

Eng yaqin metro bekati Toshkent Yerusti halqa metrosining Tuzel (3-bekat) stansiyasi boʻlib, u koʻchaning Ohngaron yoʻli koʻchasi bilan kesishgan qismida joylashgan. Turkiston koʻchasida joylashgan Temir yoʻl vokzali va Toshkent metro bekati ushbu koʻchadan 8 km ga yaqin masofa oraligʻida, Islom Karimov ko‘chasidagi TMU (TSUM) va „Toshkent“ avtovokzallari esa qariyb 8 km masofada, Aeroport esa taxminan 9 km masofada joylashgan.

Oʻngda Yashnobod tuman Hududgaz binosi, chapda 373-bogʻcha (Bilimdon).
Ushbu koʻcha bilan kesishgan Beshariq 4-tor koʻchasida joylashgan Al-Xudaybiya masjidini koʻrsatuvchi belgi.
Yuqoridan ko'rinishi. Tuzel bekati yaqinida.
Koʻcha suratlari. 4-fevral, 2023-yil