Kontent qismiga oʻtish

Biylar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Biylar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Binar nomi
Lycosa

Biylar, tarantullar (Lycosa) – oʻrgimchakboʻrilar oilasiga mansub oʻrgimchaklar urugʻi. Tanasining uzunligi 3,5 sm gacha. Sizot suvlari yuza joylashgan nam tuprokli joylar (ariq va zovurlar boʻyi, ekin ekilgan maydonlar chekkasi, dare boʻylari)da 60 sm gacha chuqurliqda tik qazilgan uyalarida yashaydi. B. tungi hayvon, oʻlja (turli hasharotlar) tutgani inidan kechasi chiqadi. Yozda (iyun–iyul) oʻrgimchak ipidan toʻqilgan pillaga 100 ga yaqin tuxum qoʻyadi. Urgʻochi B. pillasini oʻrgimchak bezlariga yopishtirib yoki xelitserasida olib yuradi. Tuxumdan chiqqan biychalarni ham urgʻochi biylar 2–3 kun davomida koʻtarib yuradi. Biylar Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Janubiy Yevropa va Kavkazning choʻl, chala choʻl va dashtlarida tarqalgan. Oʻzbekistonda tarqalgan 5 turidan nortman biyi (L. nortmani) koʻp uchraydi. Samarqand janubida, L. medra Qarshi choʻlida, janabiy biyi Chirchiq va Fargʻona vodiysida tarqalgan. Biylar zaharli, ammo odam va hayvonlar uchun xavfli emas.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil