Kontent qismiga oʻtish

Biznes ertak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Biznes ertak (inglizcha: Business fable; Ishbilarmonlik ertagi) – (shuningdek, biznes afsonasi[1] yoki yetakchilik afsonasi deb ham ataladi) yetakchilik mahoratini oshirish, shaxsiy qobiliyatlarini, yoki madaniy uyushmalarni rivojlantirish maqsadida biznes dunyosida qoʻllanishi kerak boʻlgan dars yoki saboqlarni oʻrtoqlashadigan motivatsion ertak, masal yoki boshqa fantastik hikoyadir. Biznes ertaklari oʻquvchilarga turli xil yetakchilik, loyihalarni boshqarish va boshqa vositalardan haqiqiy hayotda qanday foydalanish mumkinligini koʻrsatadi[2]. Janr 2000-yillarning boshlarida eng yuqori choʻqqiga chiqqan[3].

Garvard Business Review taxminlariga qaramay, biznes ertaklari hali ham ishlab chiqilib, oʻqilmoqda[4]. Patrick Lencioni[5] va Jon Gordon[6] yetakchilik ertaklari janrida uzoq yillardan beri yozuvchilik faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Bundan tashqari, janrga bir nechta mustaqil va kichik nashriyotlardan mualliflar qoʻshilgan[7][8]. Goodreads da eng yuqori baholangan[9] biznes kitoblaridan birini yozgan, uzoq vaqtdan beri faoliyat yuritgan muallif Patrik Lencioni yangi mualliflarga biznes ertaklarini yozishda yordam bermoqda[10].

Ishbilarmonlik ertaklari anʼanaviy biznes kitobidagi barcha tafsilotlarni toʻlaqonli taqdim etmasligi mumkin, ammo uydirma hikoya oddiy kitobdan farqli oʻlaroq, ommaning his-tuygʻulariga chuqur taʼsir eta oladi[11]. Baʼzi mualliflar va nashriyotlar muvaffaqiyatli biznes ertaklarini qanday yozishning asosiy jihatlari haqida batafsil maʼlumot berishgan[12]. Boshqalar esa, baʼzi biznes ertaklaridagi kamchiliklarni va mualliflar oʻz hikoyalarini qanday yaxshilashlari mumkinligiga aʼlohida eʼtibor qaratishgan[13]. Koʻpgina mualliflar oʻzlarining biznes ertaklarini veb-saytlaridan yuklab olinadigan ish kitoblari va materiallar bilan toʻldiradilar.

The New York Times bestsellerlariga biznes ertak janridan quyidagilar kiradi:

Boshqa taniqli biznes ertaklariga quyidagilarni oʻz ichiga oladi: