Kontent qismiga oʻtish

Björk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Björk
Tavalludi Björk Guðmundsdóttir
21-noyabr 1965-yil (1965-11-21) (59 yosh)
Janrlar alternativ rok, electronica, ambient, pop, trip-hop, jazz
Faoliyat yillari 1977 — bugun
Fuqaroligi Islandiya bayrogʻi Islandiya
Turmush oʻrtogʻi Eldon Jónsson
Amplua vokalchi
bastakor
Veb-sayt www.bjork.com

Björk (toʻliq ismi — Björk Guðmundsdóttir; talaffuzi — Byork Gudmundsdottir, 1965-yil, 21-noyabr kuni Reykyavik, Islandiyada tugʻilgan) — islandiyalik qoʻshiqchi, musiqachi, bastakor va qoʻshiq matnlari muallifi, aktrisa, koʻpgina mukofotlarning sohibi. Uning qoʻshiqlarini turli xil janr va uslublarga kiritishadi, ular ichida: pop, trip-hop, alternativ rok, jazz, electronica, etnika va mumtoz musiqa.

Björk kinoda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2000-yili Lars von Trierning „Qorongʻida raqsga tushuvchi“ filmi chiqadi (inglizcha: Dancer in the Dark), u yerda Björk bosh rolni ijro etadi va „Selmasongs“ nomli saundterkini yozadi. Film Kann kinofestivalida — „Oltin palma shoxi“ga sazovor boʻladi, Björkning oʻzi esa „Eng yaxshi aktrisa“ sifatida festivalning sovgʻasini oladi.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Björkning ikki farzandi bor — qiz Ísadóra (Isadora, 2002, otasi — Matthew Barney) va oʻgʻil Sindri (Sindri Eldon Þórsson, 1986, otasi — Þór Eldon, Sugarcubesning sobiq ishtirokchisi).

Björk koʻp martalab paparassilar ustidan shikoyat qilgan. 1996-yili u Tailand aeroportida oʻz oʻgʻliga nisbatan provokatsion harakatlar qilgan deb hisoblagan jurnalistga hujum qilgan. Oʻsha 1996-yilning oʻzidayoq Ricardo Lopez ismli ruhiy kasal amerikalik muhlisi Björk uchun bombaning tayyorlanish jarayonini suratga oladi va unga pochta orqali yuboradi. 20 soatlik videoning ohirida u kamera oldida oʻziga qarata oʻq uzadi. Björkning hayoti posilkani qoʻshiqchiga yuborilishdan oldin topa olgan politsiya reaksiyasi tufayli saqlanib qolinadi. Aynan shu voqea taʼsiri ostida Björk 1997-yili uning ijodida burilish yasagan „Homogenic“ albomini yozadi.[1][2].

„Björk“ bu haqiqiy ism, sahna taxallusi yoki familiya emas. Islandlarning umuman familiyalari yoʻq. Islandiyada insonni uning ismi bilan (tugʻilgan paytida berilgan) qoʻshib otasining ismini (ayrim hollarda onasining) aytishadi. „Guðmundsdóttir“ — bu „Guðmundsdóttirning qizi“ degan maʼnoda.

„Björk“ soʻzining oʻzi (toʻgʻri talaffuzi „byork“) island tilida „qayin“ maʼnosini beradi.

Yakkahon diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Studiyaviy albomlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Remikslar termalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Telegram (1997, remikslar albomi)
  • Army of Mixes (2005)

Bu remikslar albomi 1997-yili chiqarilgan Post albomidandir.

Taronalar roʻyxati
[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Possibly Maybe (LFO)
  2. Hyper-Ballad (Brodsky Quartet)
  3. Enjoy (Outcast)
  4. My Spine (Evelyn Glannie)
  5. I Miss You (Dobie)
  6. Isobel (Deodato)
  7. Youʼve Been Flirting Again
  8. Cover Me (Dalinja)
  9. Army Of Me (Graham Massey)
  10. Headphones (Mika Vainid)


  1. arxiv nusxasi, 2012-06-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-12-23
  2. Video YouTubeda