Kontent qismiga oʻtish

Bjarni Benediktsson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bjarni Benediktsson (1970)dan yoʻnaltirildi)

Bjarni Benediktsson bilan adashtirib yuborilmasin

Bjarni Benediktsson
Islandiya moliya vaziri
Mansab davri
2017-yil 30-noyabrdan
Hukumat boshligʻi Katrín Jakobsdóttir
Oʻtmishdoshi Benedikt Jóhannesson
Mansab davri
2013-yil 23-maydan – 2017-yil 11-yanvargacha
Hukumat boshligʻi Sigmundur Davíð Gunnlaugsson
Sigurður Ingi Jóhannsson
Oʻtmishdoshi Steingrímur Sigfússon
Vorisi Benedikt Jóhannesson
Islandiya Bosh vaziri
Mansab davri
2017-yil 11-yanvardan – 2017-yil 30-noyabrgacha
Prezident Guðni Jóhannesson
Oʻtmishdoshi Sigurður Ingi Jóhannsson
Vorisi Katrín Jakobsdóttir
Islandiya mustaqillik partiyasi raisi
Mansab davri
2009-yil 29-martdan
Oʻtmishdoshi Geir Haarde
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 26-yanvar 1970-yil (1970-01-26) (54 yosh)
Reykyavik

Bjarni Benediktsson (talaffuzi: Byarni Benediktsson; 26-yanvar 1970), Bjarni Ben – islandiyalik siyosat va davlat arbobi[1]. Mustaqillik partiyasi yetakchisi[2]. 2017-yil 30-noyabrdan Islandiya Moliya va iqtisodiyot vaziri[3]. 2017-yil 11-yanvardan 30-noyabrgacha Islandiyaning bosh vaziri[4], 2013-2017-yillarda Islandiya moliya va iqtisodiyot vaziri[5][6].

1970-yil 26-yanvarda Reykyavikda tugʻilgan[7][8]. Islandiya Bosh vaziri lavozimida ishlagan Bjarni Benediktsson uning amakisi boʻlgan[9].

1989-yilda Reykyavikdagi oʻrta maktabni tamomlagan. 1995-yilda Islandiya universitetining huquq fakultetini tamomlagan. 1995-1996-yillarda Germaniyada, 1997-yilda esa AQShda malaka oshirgan[10]. Mayami universiteti huquq fakultetida magistrlik darajasini oldi[11].

1995-yilda Keflavikda okrug komissari, 1997-1999-yillarda „Eimskip“ transport kompaniyasida yuridik maslahatchi va 1999-2003-yillarda „Lex“ yuridik firmasida advokat boʻlgan[12].

2003-yildan beri Shimoliy-Gʻarbiy saylov okrugidan Alting aʼzosi[13]. 2003-2007-yillarda Umumiy masalalar boʻyicha qoʻmita, 2007-2009-yillarda esa Xalqaro aloqalar qoʻmitasini boshqargan[14][15].

2009-yil mart oyida Geir Haarde oʻrniga konservativ Mustaqillik partiyasini[16] boshqargan. Uning rahbarligida partiya 2013-yil 27-aprelda boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida va 2016-yilgi navbatdan tashqari parlament saylovlarida gʻalaba qozondi. 2017-yilgi navbatdan tashqari parlament saylovlarida partiya parlamentdagi 5 oʻrinni boy berdi[17].

Yangi koalitsiya kabinetini shakllantirishda Sigmundur David Gunnlaugsson (Progressiv partiya) 2013-yil 23-mayda Islandiya moliya va iqtisodiyot vaziri portfelini oldi[18][19].

2016-yilning 2-noyabrida Islandiya prezidenti unga hukumat tuzish vakolatini berdi. Biroq koalitsiya tuzish boʻyicha muzokaralar natija bermadi va toʻxtatildi. Dekabr oyining ikkinchi yarmida u yana hukumat tuzish mandatini oldi. 2017-yil 11-yanvardan 30-noyabrgacha Islandiya bosh vaziri[20]. Uning ushbu lavozimdagi asosiy qarorlaridan biri Islandiyaning Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishining toʻxtatilishi edi[21]. 15-sentyabr kuni „Yorqin kelajak“ partiyasi Islandiyada qabul qilingan „sharafni tiklash“ tartib-qoidasi bilan bogʻliq janjal fonida koalitsiyani tark etdi. Gap shundaki, ogʻir jinoyati uchun jazo muddatini oʻtagan shaxs, agar yaqin atrofidan kimdir tavsiyanoma yozib, kafolat bersa, normal hayotga qaytishi va ishga joylashishi mumkin. Bosh vazirning otasi Benedikt Sveynsson sudlangan pedofilga nisbatan tavsiyanoma yozgan va bu 2017-yilning yozida ommaga maʼlum boʻlgan. 16-sentyabr kuni Islandiya prezidenti Bosh vazirning isteʼfosini qabul qildi[22].

  1. „New Chairman Elected for Icelandʻs Independents“ (30-mart]] 2009). 2012-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-aprel]] 2009.
  2. „Centre-left wins Iceland election“. BBC News (26-aprel]] 2009). Qaraldi: 26-aprel]] 2009.
  3. „Бьярни Бенедиктссон“. ТАСС. 2021-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
  4. „Bjarni Benediktsson. Minister of Finance and Economic Affairs“ (en). Government of Iceland (2021-yil 28-noyabr). 2021-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
  5. „Iceland vote: Centre-right opposition wins election“. BBC News (28-aprel]] 2013). Qaraldi: 1-may]] 2013.
  6. „Iceland Election: Sigmundur Davíð to be Prime Minister“ (18-may]] 2013). 2013-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-may]] 2013.
  7. „Bjarni Benediktsson. Minister of Finance and Economic Affairs“ (en). Government of Iceland (2021-yil 28-noyabr). 2021-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
  8. „Бьярни Бенедиктссон“. ТАСС. 2021-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
  9. „Verður málverkið af Bjarna uppi á veggnum í Höfða? - Vísir“ (is). visir.is. 2019-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-noyabr.
  10. „Бьярни Бенедиктссон“. ТАСС. 2021-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
  11. „Bjarni Benediktsson. Minister of Finance and Economic Affairs“ (en). Government of Iceland (2021-yil 28-noyabr). 2021-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
  12. „Bjarni Benediktsson. Minister of Finance and Economic Affairs“ (en). Government of Iceland (2021-yil 28-noyabr). 2021-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
  13. „Bjarni Benediktsson. Minister of Finance and Economic Affairs“ (en). Government of Iceland (2021-yil 28-noyabr). 2021-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
  14. „Бьярни Бенедиктссон“. ТАСС. 2021-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
  15. „Bjarni Benediktsson“ (en). Alþingi. 2021-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-noyabr.
  16. „Bjarni Benediktsson. Minister of Finance and Economic Affairs“ (en). Government of Iceland (2021-yil 28-noyabr). 2021-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
  17. „Бьярни Бенедиктссон“. ТАСС. 2021-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
  18. „Бьярни Бенедиктссон“. ТАСС. 2021-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
  19. „Bjarni Benediktsson. Minister of Finance and Economic Affairs“ (en). Government of Iceland (2021-yil 28-noyabr). 2021-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
  20. „Bjarni Benediktsson. Minister of Finance and Economic Affairs“ (en). Government of Iceland (2021-yil 28-noyabr). 2021-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
  21. „Исландия отложила вступление в Евросоюз.“. 2017-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-yanvar.
  22. „Бьярни Бенедиктссон“. ТАСС. 2021-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.