Kontent qismiga oʻtish

Blanche de Namur

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Blanche de NamurJanubiy Belgiya, Valloniya, Ivuar kommunasi, Pyurno qishlogʻida joylashgan Brasserie du Bocq pivo zavodi tomonidan ishlab chiqariladigan va shishaga quyiladigan Belgiya oq pivo markasi.

Xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Blanche de Namur filtrlanmagan va xira och sariq rangga ega. Pivo bugʻdoy va arpa solodidan tayyorlanadi.Tayyorlash jarayonida maydalangan kashnich va Kyurasao achchiq apelsin qobigʻi qoʻshiladi, bu pivoga oʻziga xos va unutilmas taʼm beradi. Alkogol miqdori 4,5% ni tashkil qiladi. Pivo kashnich va achchiq apelsin ifori bilan ajralib turadi; mevali, ozgina nordon taʼm, juda kam taxirlik.

0,25, 0,33, 0,75 va 1,5 litrli shisha butilkalarga va 30 litrli bochkalarga quyiladi. Isteʼmol qilishdan oldin 2-4°C gacha sovutish tavsiya etiladi. Ovlangan qush goʻshti va qizil goʻshtli taomlar bilan yaxshi mos keladi.

Pivo nomi Jan I, Namyur grafi va Mari d’Artoaning qizi malika Namurlik Blanka sharafiga berilgan. 1335-yilda malika Shvetsiya va Norvegiya qiroli Magnus II Eriksonning xotini boʻldi.

  • 2008, 2009 va 2010-yillarda — Australian International Beer Awardsda „Uslub: Belgiya oq pivosi“ toifasida kumush medal.
  • 2009-yilda — World Beer Awardsda dunyodagi eng yaxshi Belgiya oq pivosi uchun birinchi oʻrin[1].