Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Blink-182 AQShda tuzilgan rok-guruh boʻlib, vokalist va bas-gitarachi Mark Hoppus , vokalist va gitarachi Tom DeLonge va dovulchi Travis Barkerlardan iborat. 1992-yili Kaliforniyaning Poway shahrida tashkil topganidan beri butun dunyo boʻylab 50 milliondan oshiq albom sotishgan[ 2] . Sobiq dovulchi Scott Raynor bilan ular 1994-yili Cheshire Cat albomini tayyorlab, keyingi, 1997-yilgi, bir milliondan ortiq nusxada sotilgan Dude Ranch albomi bilan sezilarli muvaffaqiyatga erishdi. 1998-yilgi turne davomida Raynor oʻrniga Barker keldi.
Guruh 1999-yili multi-platina sertifikatini olgan va Billboard 200ligida „What's My Age Again?“ va „All the Small Things“ qoʻshiqlari bilan 9-pogʻonaga koʻtarilgan, keyinchalik esa Billboard Hot 100ligida 6-pogʻonani egallagan Enema of the State albomi bilan butunjahon shuhratga erishdi. Blink-182 qoʻshiqlaridagi mutoyiba hissi tufayli mashhur boʻldi, ularning keyingi Take Off Your Pants and Jacket (2001) albomi AQSh, Kanada va Germaniya xit-paradlarida eng yuqori pogʻonagacha koʻtarildi. Eponimik nomlangan Blink-182 2003-yili chiqdi, bu albomda guruh tajribaviy musiqa unsurlarini oʻzlarining anʼanaviy pop-pank formulasiga qoʻshib, uslublari voyaga yetganini koʻrsatdi.
DeLonge 2005-yil boshlarida guruhni tark etib, Blink-182 guruhining nomaʼlum muddatga taʼtilga chiqishiga sabab boʻldi. U Angels & Airwaves guruhini tuzdi, bu vaqtda Hoppus va Barker +44 guruhini tashkil qilishdi. Hoppus shuningdek teleboshlovchi boʻlib ishladi, Barker esa prodyuserlik va yakkaxonlik faoliyatlarida davom etdi. Blink-182 2009-yilning fevralida qayta birlashib, 2011-yilning sentyabrida oʻzlarining oltinchi studiyaviy albomi — Neighborhoods ni omma eʼtiboriga havola etishdi. Keyinchalik, 2016-yilda California , 2019-yilda esa Nine albomlarini eʼlon qilishdi. 2023-yilning 20-oktyabrida guruhning toʻqqizinchi albomi boʻlmish One More Time... chiqarildi[ 3] .
Hozirgi aʼzolari
Mark Hoppus – bas-gitara, vokal (1992–2005, 2009 – hozirgacha) , gitara (2020) [ 4]
Tom DeLonge – gitara, vokal (1992–2005, 2009–2015, 2022 – hozirgacha) , klavishalar (2012)
Travis Barker – dovullar (1998–2005, 2009 – hozirgacha) ; bek-vokal (2003, 2023 – hozirgacha) , klavishalar, pianino (2012, 2018–2019)
Sobiq aʼzolari
Sobiq turne aʼzolari
M+M's, 1995
Carousel, 1996
Wasting Time, 1996
Lemmings, 1996
Dammit (Growing Up), 1997
Josie, 1997
Apple Shampoo, 1998
Dick Lips, 1998
What's My Age Again?, 1999
All the Small Things, 2000
Adam's Song, 2000
Man Overboard, 2000
The Rock Show, 2001
First Date, 2001
Stay Together for the Kids, 2002
I Won't Be Home For Christmas, 2002
Feeling This, 2003
I Miss You, 2004
Down, 2004
Always, 2004
Not Now, 2005
Another Girl, Another Planet, 2005
Up All Night, 2011
After Midnight, 2011
Bored to Death, 2016
She's Out of Her Mind, 2016
Home Is Such a Lonely Place, 2017
Blame It on My Youth, 2019
Generational Divide, 2019
Happy Days, 2019
Darkside, 2019
I Really Wish I Hated You, 2019
Not Another Christmas Song, 2019
Quarantine, 2020