Kontent qismiga oʻtish

Blok

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Blok (inglizcha block) —1) gardishida zanjir, arqon, tasma uchun novi boʻlgan gʻildirak shaklidagi oddiy mexanizm yoki detal. Tortish kuchi yoʻnalishini oʻzgartirish, kuch yoki tezlikdan yutish uchun, baʼzan, burovchi momentni uzatish uchun ishlatiladi. Vazifasiga koʻra, yoʻnaltiruvchi, barobarlovchi, qoʻzgʻaluvchan va harakatlantiruvchi (valga aylanma harakat uzatuvchi) xillarga boʻlinadi. Kuchdan yoki tezlikdan yutish uchun murakkab blokdan iborat yuk koʻtarish mexanizmi — polistpast qoʻllanadi; 2) bir necha bir xil qismlardan iborat mashina uzeli, masalan, ichki yonuv dvigateli silindrlar bloki, koʻp shpindelli stanoklardagi shpindel bloki; 3) kitob bloki — kitobning tartibga solinib, mukrva ichiga solishga tayyorlangan listlari; 4) qurilishda — hajmiy blok— bino hajmining bir qismi (masalan, xona, kvartira va boshqalar).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil