Bloomfield oromgohi
Bu maqola ayni damda Editordidosh (munozara) 15:55, 21-Aprel 2024 (UTC) tomonidan faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin. Bu sahifa oxirgi marta 15:55, 21-Aprel 2024 (UTC) (2 oy avval) da tahrir qilingan. |
Bloomfield oromgohi Santa Monico togʻlari Malibu, Kaliforniya, Qoʻshma Shtatlarga yaqin joyda joylashgan. 1958-yilda Henry Bloomfield yerni sotib olgan. Koʻr, koʻzi ojiz yoki nogiron bolalar va yoshlar uchun lager yaratishni maqsad qilgan. Gʻarbiy Amerika Qoʻshma shtatlaridagi eng katta oromgoh sifatida Bloomfild shuhrat qozongan va har yozda yuzlab oila aʼzolariga bepul xizmat koʻrsatgan. American Camping Association (ACA) tomonidan harajatlar qoplab berilgan. 9 yil davomida bolalarga xizmat koʻrsatgan va 2018-noyabrda Woolsey yongʻinidan vayron boʻlgan[1].
Oromgohdagi mashgʻulotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oromgohga tashrif buyuruvchilar va ularning oila aʼzolari uchun bir nechta mashgʻulotlar boʻlgan. Masalan:
- Kamondan otish
- Dengiz Sayohatlar
- Baliq ovlash
- Guruh muhokamalari
- Arqonlar bilan mashgʻulotlar
- Yurish
- Ot minish
- Hayvonlar hayoti bilan tanishish
- Oʻziga va boshqalarga gʻamxoʻrlik qilishni oʻrganish
- Mas’uliyat va yetakchilik haqida bilish
- Teepeesda tungi sayrlar
- Oʻyin maydonchalaridagi faoliyatlar
- Suzish
Oromgoh direktorlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bloomfield oromgohi 1958-yilda Norm Kaplan va Pepperdine universiteti talabalari yordamida tashkil qilingan. Avval oddiy gulxan doirasida oʻtkazilgan, keyinchalik birinchi ikki yil ichida chodirlar paydo boʻlgan. 1962-yilga kelib xonalar qurilgan. Toʻrttasi oʻgʻil bolalar va toʻrttasi qizlar uchun xizmat qilgan. Xonalar qurilganidan koʻp oʻtmay, lagerning rasmiy ravishda kengayishiga imkon beradigan zal va ofislar qurilgan. 1974-yilda koʻzi ojiz, eshitish qobiliyati zaif va kar talabalar lager bilan tanishtirilgan. Debbi Bunning „You Light Up My Life“ qoʻshigi madhiya sifatida tanlandi. Koʻzi ojiz talabalarga imo-ishora tilini muloqot shakli sifatida ishlatish oʻrgatilgan. Kar yoki eshitish qobiliyati past oʻquvchilarga qoʻshiq soʻzlarini ishoralar bilan oʻrgatilgan. Oromgohda turli madaniyat vakillari xodim sifatida ish yuritgan.
1984-yilda Mask rda kinosining lager sahnalari ham Bloomfieldda suratga olingan.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Wayfinder Family Services main
- Vayfinder Oilaviy Xizmatlari: Bloomfield Lageri
- Kamp Bloomfildning oilasi uzoq yillik majburiyat uchun sharaflandi
- Omni Media Tarmoqlari: Dam Olish Imkoniyatlari
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Camp Bloomfield“. Wayfinder Family Services.
- ↑ „Junior Blind of America celebrates 50 years in Malibu“. Malibu Times.
- ↑ „Norman Kaplan; Began Group for Blind Youths“ (1989-yil 28-iyul).