Kontent qismiga oʻtish

Blue Mountain Peak

Koordinatalari: 18°02′48″N 76°34′45″W / 18.04667°N 76.57917°W / 18.04667; -76.57917
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Blue Mountain Peak
Joylashuvi Portland / Saint Thomas, Yamayka
18°02′48″N 76°34′45″W / 18.04667°N 76.57917°W / 18.04667; -76.57917
Yamaykaning relefli xaritasi
Masofadagi Moviy togʻ choʻqqisi bilan Hellshire plyajidan panoramali koʻrinish

Blue Mountain Peak (Moviy togʻ choʻqqisi) — Yamaykadagi eng baland togʻ va Karib dengizidagi eng baland choʻqqilardan biri hisoblanib, balandligi 2,256 metr (7,402 ft) ga teng. Bu hudud Blue Mountain qahvasining vatani hamdur. U Yamaykaning Portland va Sent-Tomas cherkovlari chegarasida joylashgan.

Blue Mountain Peak Blue va John Crow togʻlari milliy bogʻining bir qismi boʻlib, u 2015-yilda YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan[1].

Piyoda yurish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moviy togʻlar piyoda yurish hududlari va oromgohlari bilan mashhur. Anʼanaviy Moviy togʻli yoʻl uzunligi 7-milya (11 km) boʻlib, u yerdan choʻqqiga chiqish va 3,000-fut (910 m) balandlikni oshib oʻtish mumkin. Yamaykaliklar quyosh chiqish vaqtida choʻqqiga chiqishni afzal koʻradilar, shuning uchun 3-4 soatlik yoʻlga chiqishni boshlash odatda qorongʻuda amalga oshiriladi. Osmon odatda ertalab juda musaffo boʻlgani uchun togʻ choʻqqisidan Kuba shahri yaqqol koʻrinadi.

Choʻqqiga chiqish uchun milliy bogʻ maʼmuriyatiga toʻlov amalga oshiriladi[2]. Bu milliy bogʻdagi boshqa xarajatlarni qoplashga ishlatiladi.

Mashhur Blue Mountain qahvasi shu togʻda yetishtiriladi. Claverty Cottage va Hagley Gapning kichik qahva dehqonchilik jamoalari choʻqqiga yaqin maydonlarda joylashgan.

Moviy togʻda uchraydigan oʻsimliklarning baʼzilarini dunyoning boshqa joylarida topib boʻlmaydi, shuningdek mazkur gullarning koʻpincha juda mitti turdagi oʻsimliklar hisoblanadi. Olimlarning fikricha, bu shu yerdagi sovuq iqlimga va izgʻirinli shamollarga mostlashish natijasida hosil boʻlgan.

Mazkur togʻ hududida uchraydigan qushlarning koʻplari ayni shu hudud uchun endemik hisoblanadi. Spindalis va vervarin kolibrisi ayni shunday qushlar sirasiga kiradi.

  1. Blue and John Crow Mountains, Unesco.org (accessed on 3 October 2019)
  2. Lindsey Kilifin, A Guide To Hiking The Jamaican Blue Mountains, Theculturetrip.com, 9 February 2017 (accessed on 3 October 2019)