Kontent qismiga oʻtish

Boʻstonbuva maqbarasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Bo'stonbuva maqbarasidan yoʻnaltirildi)

Boʻstonbuva maqbarasiFargona viloyati Buvayda tumanidatk meʼmoriy yodgorlik (1516-asrlar). Xalq orasida Boʻstonbuva nomi bilan mashhur boʻlgan, 9-asrda yashab oʻtgan tasavvufchi shayxlardan biri Sulton Boyazid Bistomiy dafn qilingan deb taxmin qilinadi (Alisher Navoiy "Nasoyim ulmuhabbat" asarida va 18-asrda yaratilgan "Tazkirat ulavliyon turkin"da shayxga yuqori baho berilgan). Maqbara pishiq gʻishtdan gumbazli qilib qurilgan. Chortoq tarhli ziyoratxona va murabba tarhli goʻrxonadan iborat (15x7,2 m). Peshtoqida koʻp qirrali yulduzsimon va aylana shaklidagi uymakori bezaklar sakdangan. Peshtoqining ikki yonidagi guddastalar binoga mahobat baxsh etgan.[1]

  1. "Boʻstonbuva maqbarasi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil