Boʻgʻma ilonlar (Boinae) – soxta oyoqlilaroilasiga mansub ilonlar kenja oilasi. Hozirgi ilonlar orasida eng yiriklari shu oilaga kiradi. Uzunligi no'l butun besh dan o'n bir m gacha. Boshqa ilonlardan koʻz kosasi ustidagi suyagining boʻlmasligi bilan farq qiladi. 16 urugʻi, 38 turi maʼlum. Janubiy Amerika, Janubiy Gʻarbiy va Shimoliy Amerika, Afrika, Madagaskar orollari, Markaziy va Gʻarbiy Osiyo, Malayya arxipelagida tarqalgan. Daryo va koʻllar sohili yaqinidagi oʻrmon va chakalakzorlarda yashaydi. Faqat sharq boʻgʻma iloni va qum boʻgʻma iloni ochiq choʻl va dashtlarda, eng yirik ilon – anakonda suvda hayot kechiradi. Boʻgʻma ilonlar zaharsiz. Ogʻzi katta ochiladi, muskullari kuchli, dumi qisqa, oʻpkasi ikkita. Boʻgʻma ilonlar tungi hayvon, koʻzlari kechasi koʻrishga yaxshi moslashgan. Oʻljasini poylab kulcha boʻlib oladi. Oʻljani sezgan boʻgʻma ilonlar boshini koʻtarib, tilini tez-tez chiqara boshlaydi, yoʻlidagi narsalarni tili bilan paypaslab oʻljasiga tomon oʻrmalab keladi. Oʻljasiga yaqinlashgach dumi va tanasini yigʻishtirib, yana kulcha boʻlib oladi. Soʻngra ogʻzini katta ochib oʻljaga tashlanadi va tanasini halqa qilib uni oʻraydi. Ilon oʻldirilgan oʻljani boshidan boshlab astasekin yuta boshlaydi. Oshqozonga tushgan ovqat 3–4 kun davomida hazm boʻladi. Bu davrda qimir etmasdan yotadi. Boʻgʻma ilonlar ovqatsiz bir necha oy yashay oladi. Boʻgʻma ilonlar tirik tugʻadi. Koʻpchilik turlari daraxtlarda va nam joylarda hayot kechiradi. Boʻgʻma ilonlar asosan umurtqali hayvonlar bilan oziqlanadi. Yirik boʻgʻma ilonlar kiyik va toʻngʻizlarni yutishi mumkin. Mayda qum boʻgʻma ilonlar kalamush va sichqonlarni tutib yeydi. Asl boʻgʻma ilonlar Konstriktor urugʻiga kiradi. Asl boʻgʻma ilonlar ning yagona turi oddiy boʻgʻma ilon, yaʼni boa. Boʻgʻma ilonlar, odatda, odamga hujum qilmaydi. Ularning yogʻ va goʻshti ovqatga ishlatiladi. Terisi jomadon, sumka va poyabzal tikishda qoʻllanadi. Ayrim Boʻgʻma ilonlar dan sichqon, kalamush kabi ombor zararkunandalarini qirishda foydalaniladi. 8 turi va kenja turlari Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.