Kontent qismiga oʻtish

Boʻd

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Boʻd (arabcha: oraliq, masofa, chaqirim; koʻpligi abʼod) – bir yoki turli vaqtda eshitilayotgan ikki tovush, nagʻma, pardaning oʻzaro balandpastlik munosabatlari. Yevropa musiqasidagi interval tushunchasiga qisman moye. Boʻd Oʻrta va Yaqin Sharq musiqa nazariyasining asosiy tushunchalaridan biri boʻlib, dastlab Forobiy, keyinchalik Ibn Sino, Ibn Zayla, Zaynulobiddin, Urmaviy, Jomiy va boshqa olimlarning asarlarida matematika qoidalar asosida taʼriflangan. Boʻdlar ochiq (butun) torga nisbatan torning maʼlum boʻlagidan hosil etilgan va nisbiy sonlar bilan ifodalangan. Maye, ochiqtordagi tovush asosiy (mutlaq) parda deb faraz etilsa, torning 1/2 boʻlagida – zulkull (lot. oktava), 2/3 boʻlagida – zulxams (kvinta), 3/4 boʻlagida – zularbaʼ (kvarta), 8/9 boʻlagida – taniniy (katta sekunda), 243/256 boʻlagida – baqiya (90 sentli kichik sekunda) kabi Boʻdlar hosil qilinadi. Nazariy jihatdan Boʻd larning soni chegaralanmagan boʻlsada, musiqa amaliyotida asosan 9 tasi qoʻllangan. Ular muloyim (yoqimli, lotin tilida konsonans) va mutanofir (yoqimsiz, dissonans) turlarga ajratilgan. Muloyimlar – zulkull marratayn (kvintdetsima), zulkull valxame (duodetsima), zulkull valarbaʼ (undetsima), zulkull, zulxams, zularbaʼlar; qolganlari mutanofirdir.

Sharq musiqa nazariyasida ikki musiqiy tovush oraligʻi boʻd (interval) deyiladi. „Boʻd ikki nagʻma birikmasi va ikki tovush oraligʻi, yaʼni interval maʼnosini bildiradi“[1]. Sharq musiqa nazariyasida boʻdlarning ayrimlari quyidagicha nomlangan: Zull-kull – oktava Zul-arbaʼ – kvarta Zul-xams – kvinta

  1. Is’hoq Rajabov. Maqomlar. Toshkent 2006 yil. 51-bet