Boʻron minorasi
Boʻron minorasi Bolasogʻun shahridan qolgan yodgorlikdan biri hisoblanadi. Minora haqida rivoyatlarda aytilishicha, bir xon yaqinda tugʻilgan qizining kelajagini aytib berish uchun mamlakatdagi barcha folbinlarni va donishmandlarni taklif qiladi. Folbinlardan biri dahshatli bashorat qiladi: xonning qizi oʻn oltinchi tugʻilgan kunida oʻrgimchak chaqishidan oʻlishini aytadi. Xon qizini himoya qilish uchun baland minora qurib, qizni oʻsha yerga joylashtiradi. Xizmatkorlar minoraga narvon orqali ovqat olib chiqishardi. Minoraga oʻrgimchak kira olmasligi uchun hamma narsa yaxshilab tekshiriladi. Yillar oʻtaveradi. Nihoyat oʻn oltinchi tugʻilgan kunida xon qiziga bir meva sabzavot meva olib kelib, tugʻilgan kunini nishonlaydi. Ammo, u savatga yashirinib olgan zaharli oʻrgimchakni payqamaydi. Qizi mevaga qoʻl choʻzganida,[1] zaharli oʻrgimchak uni tishlab oladi va qiz jon taslim qiladi. Bu voqeadan xon shu dahshatga tushadiki, qattiq yigʻlab yuboradi va minoraning bir qismi vayronaga aylanib ketadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ [t.me›historicallife/4922 „Bo'ron minorasi“].
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |