Kontent qismiga oʻtish

Boʻza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Boʻza — tariq, oqshoq, arpa, suli va bugʻdoy kabi donlardan tayyorlanadigan, kayf beradigan ichimlik. Oʻrta Osiyo xalqlari juda qadim zamonlardan buyon bo'za tayyorlagan. Masalan tarixdan quyidagi usulda tayyorlaganlar: tariq ivitilib, xaltaga solinadi va issiq joyga (koʻpincha kepakka koʻmib) qoʻyiladi. Tariq dimlanib yetilgach, maydalangach, oʻgʻirda yanchiladi, keyin xumga solib achitiladi va dokadan oʻtkazilib boshqa idishga solinadi, tingach, ichishga tayyor boʻladi. Toʻyimli va foydali chanqoqbosar ichimlik hisoblanadi. Tarkibida 4—6% etil spirti, oqsil, yogʻ, vitaminlar, mineral moddalar bor. Bolqon mamlakatlari, Kavkaz, Turkmaniston, Qirgʻizistonda sanoat usulida ishlab chiqariladi va koʻp isteʼmol qilinadi. Ko'pchilik Fni Bo'zak deydi

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil