Boʻstonbuva maqbarasi
Qiyofa
(Bo‘stonbuva maqbarasidan yoʻnaltirildi)
Boʻstonbuva maqbarasi — Fargona viloyati Buvayda tumanidatk meʼmoriy yodgorlik (15—16-asrlar). Xalq orasida Boʻstonbuva nomi bilan mashhur boʻlgan, 9-asrda yashab oʻtgan tasavvufchi shayxlardan biri Sulton Boyazid Bistomiy dafn qilingan deb taxmin qilinadi (Alisher Navoiy "Nasoyim ulmuhabbat" asarida va 18-asrda yaratilgan "Tazkirat ulavliyon turkin"da shayxga yuqori baho berilgan). Maqbara pishiq gʻishtdan gumbazli qilib qurilgan. Chortoq tarhli ziyoratxona va murabba tarhli goʻrxonadan iborat (15x7,2 m). Peshtoqida koʻp qirrali yulduzsimon va aylana shaklidagi uymakori bezaklar sakdangan. Peshtoqining ikki yonidagi guddastalar binoga mahobat baxsh etgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |