Kontent qismiga oʻtish

Boʻznoch

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Bo‘znochdan yoʻnaltirildi)
Boʻznoch
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

BOʻZNOCH (Helichrysum arenarium L. Moench.) — qoqidoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Boʻyi 40—45 sm, poyasi qalin tuk bilan qoplangan. Pastki barglari keng, teskari tuxumsimon, yuqoridagilari — ensiz, nashtarsimon. Guli sariq, gul savatchalari dumaloq boʻlib, poya uchida murakkab qalqonsimon toʻpgul hosil qiladi. Iyun oxiridan sentabrgacha gullaydi. Togʻ yon bagʻirlaridagi qiyaliklarda oʻsadi. Poyasi, bargi va gullarida efir moylari, oshlovchi moddalar, shuningdek karotin, S vitamin, stearin, flavonoid kabi moddalar bor. Boʻznoch gullaridan tayyorlangan qaynatma jigar kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Boʻznochdan sariq boʻyoq olinadi. Boʻznoch kiyim-kechaklarni kuyadan saqlashda ham ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil