Oʻsimliklar
Plants | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||||||
| ||||||
Land plants (embryophytes)
|
Oʻsimliklar – tirik organizmlar dunyosi; fotosintez qilish xususiyatiga ega boʻlgan avtotrof organizmlar (qarang Avtotroflar); hujayra poʻsti, odatda, qalin sellyulozadan, zaxira oziq moddasi kraxmaldan iborat. Ayrim oʻsimliklar (saprofitlar, parazitlar) uchun xos boʻlgan geterotrof oziqlanish ikkilamchi hisoblanadi. Oʻsimliklar (Oʻsimliklar)ga xos boshqa xususiyatlar (oʻziga xos rivojlanish sikli, organlarning shakllanish yoʻli, yopishib yashash va boshqalar) hamma oʻsimliklarga tegishli emas, lekin bu belgilarning majmui oʻsimliklarni boshqa tirik organizmlardan oson farq qilishga imkon beradi. Faqat tuzilishning quyi, ayniqsa, bir hujayralilar darajasida oʻsimliklar bilan boshqa organizmlar oʻrtasidagi farq uncha aniq sezilmaydi; shuning uchun evglenasimon suvoʻtlarni zoologlar bir hujayrali hayvonlarga kiritishadi. Bir hujayrali Oʻ.ning boshqa bir hujayrali organizmlardan asosiy farqi – xloroplastlar boʻlishi. Tuzilish darajasi orta borgan sari oʻsimliklar bilan boshqa organizmlar oʻrtasidagi farq ham orta boradi.
Oʻsimliklarning oziqlanish jarayonida atrof muhitdan gazsimon (fotosintez) va suyuq (suv va unda erigan mineral tuzlar) moddalarni shimib olishga moslanishi natijasida ularning tanasi yuzasi tobora kengayib borgan. Yuksak oʻsimliklarda tana yuzasining kengayishi va ixtisoslashuvi toʻqimalar va vegetativ organlarning rivojlanishiga olib kelgan (qarang Toʻqima, Vegegpativ organlar). Oʻsimliklar tuzilishining koʻpchilik muhim xususiyatlari ularning oʻsishi va koʻpayishi, shuningdek, tarqalishiga moslanishi bilan bogʻliq.
Anʼanaga koʻra, XX asrning oʻrtalarigacha barcha oʻsimliklar tuban (bakteriyalar, suvoʻtlar, zamburugʻlar, lishayniklar) va yuksak oʻsimliklar (yoʻsinlar, psilofitlar, plaunlar, qirqboʻgʻimlar, qirqquloqlar, ochiq urugʻlilar, gulli oʻsimliklar)ga ajratib kelingan. Hozirgi bakteriyalar va zamburugʻlar alohida dunyoga ajratiladi. Oʻsimliklar dunyosi 3 kichik dunyo: qizil suvoʻtlar va yuksak oʻsimliklarga boʻlinadi. Bu kichik dunyolar 350,000 turdan iborat barcha oʻsimliklarni oʻz ichiga oladi.
Oʻsimliklarning kelib chiqishi yerda hayot paydo boʻlishining ilk rivojlanish davrlariga toʻgʻri keladi. Bunda Arxey erasida (bundan 3 milliard yil oldin) koʻkyashil suvoʻtlar (sianobakteriyalar)ga oʻxshash organizmlar paydo boʻlgan. Haqiqiy suvoʻtlar proterozoy erasida, yashil va qizil suvoʻtlar paleozoyning boshlarida paydo boʻlgani taxmin qilinadi. Dastlabki yuksak oʻsimliklar – riniofitlar proterozoy va paleozoy chegarasida kelib chiqqanligini ehtimol qilish mumkin. Ularda ildiz oʻrniga rizoidlari boʻlgan. Karbonda daraxtsimon qirqquloqlar kelib chiqqan; permda ular oʻrnini hozirgi qirqquloqlar egallagan. Karbonda ignabargli oʻsimliklar paydo boʻlgan, trias va yura davrlarida ular keng tarqalgan. Boʻr davrining boshlarida gulli oʻsimliklar (yopiq urugʻlilar) hosil boʻlgan va shundan soʻng ular Yer florasida hukmron boʻlib qolgan.
Oʻsimliklar Yerda mavjud boʻlgan barcha tirik organizmlar hayotida katta ahamiyatga ega. Hayvonlar va odamlarning hayotini oʻsimliklarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Faqat yashil xlorofillga ega boʻlgan oʻsimliklar anorganik moddalardan organik birikmalarni sintezlash orqali quyosh nuri energiyasini toʻplaydi; ayni vaqtda oʻsimliklar atmosferadan S02 gazini olib, atmosferaga deyarli barcha tirik organizmlarning nafas olishi uchun zarur boʻlgan kislorod chiqaradi. Shu yoʻl bilan yashil oʻsimliklar atmosfera tarkibining doimiyligini saqlab turadi. Oʻsimliklar organik moddalarni hosil qiluvchi produtsentlar sifatida oziq zanjirining asosini tashkil etadi.
Yer yuzidagi oʻsimliklar turli hayotiy formalar (oʻtlar, butalar, daraxtlar, lianalar, epifitlar va boshqalar)ni hosil qiladi. Oʻsimliklarning xilma-xil turlaridan tarkib topgan fitotsenozlar Yer yuzi landshafti va boshqalar organizmlar uchun ekologik sharoitning xilma-xilligini belgilab beradi. Oʻsimliklarning bevosita ishtirokida tuproq va torf hosil boʻladi. Qoʻngʻir koʻmir va toshkoʻmirning hosil boʻlishi ham oʻsimliklar bilan bogʻliq.
Oʻsimliklarning gʻoyat xilma-xil turlaridan urugʻli oʻsimliklar, asosan, gulli oʻsimliklar katta ahamiyatga ega. Urugʻli oʻsimliklar oziq-ovqat, kiyimkechak, yoqilgʻi, qurilish materiallari va boshqalarni beradi (qarang: Madaniy oʻsimliklar). Odam juda katta maydonlarda madaniy oʻsimliklarning sunʼiy qoplamlari (ekin ekiladigan dalalar, bogʻlar, xiyobonlar va boshqalar)ni barpo etishni, Oʻ.ning xilma-xil navlarini yaratishni bilib olgan. Ammo oʻsimliklarni koʻp miqdorda yigʻib olish va oʻsimliklar boyliklaridan oqilona foydalanmaslik ularning juda katta maydonlarda yoʻqolib ketishiga olib keldi; koʻplab oʻsimlik turlarining butunlay yoʻqolib ketish xavfi tugʻildi. Shu sababdan, Oʻzbekistonda oʻsimliklarni himoya qilish va ularning tabiiy boyliklaridan oqilona foydalanish toʻgʻrisida maxsus qonun qabul qilingan (qarang: Tabiashni muhofaza qilish). Oʻzbekiston Qizil kitobiga noyob va yoʻqolib borayotgan oʻsimliklar turlari kiritilgan. Oʻsimliklarni botanika fani oʻrganadi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jizn rasteniy, t. 1—6, M., 1974—82;
- Vent F. U., V mire rasteniy, M., 1972;
- Taxtadjyan A. L., Voprosm evolyutsionnoy morfologii rasteniy, L., 1954.
Oʻsimliklar (lot. Plantae) koʻp hujayrali organizmlar guruhidir. Oʻsimlik hujayralari selluloza qobiq bilan oʻralgan, fotosintez orqali energiya oladi, kraxmal yigʻadi. Oʻsimliklarni botanika oʻrganadi.
Albom
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
The fruits of Palmyra Palm tree, Borassus flabellifer (locally called Thaati Munjelu) sold in a market at Guntur, India.
-
Turmeric rhizome
-
Sweet potato, Ipomoea batatas, Maui Nui Botanical Garden
-
Pandanus amaryllifolius
-
California Papaya
-
Carica papaya, cultivar 'Sunsetʼ
-
Cymbopogon citratus, lemon grass, oil grass
-
Pachyrhizus erosus bulb-root. Situgede, Bogor, West Java, Indonesia.
-
Fuji (apple)
-
Sprouting shoots of Sauropus androgynus
-
Cocos nucifera
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ Haeckel G. Generale Morphologie der Organismen. Berlin: Verlag von Georg Reimer, 1866 — vol.1: i–xxxii, 1–574, pls I–II; vol. 2: i–clx, 1–462, pls I–VIII-bet.