Kontent qismiga oʻtish

Lishayniklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lishayniklar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Nabotot
Tip: Zamburugʻlar
Sinf: Lichenes

Lishayniklar (lotincha: Lichenes) zamburugʻlar va suvoʻtlari va/yoki sianobakteriyalarning simbiotik majmualari boʻlmish organizmlardir.[1] Biroq lishayniklar morfologiyasi, fiziologiyasi va biokimyosi zamburugʻ va suvoʻtlarnikidan farq qiladi. Lishayniklar tarqalish areali nihoyatda xilma-xil, ularni sovuq, nam iqlimda ham, issiq, choʻl sharoitida ham uchratish mumkin,[2] shu bilan birga ular atrof-muhit oʻzgarishiga sezgirdir.[3][4][5] Lishayniklardan boʻyoq, atir-upa ishlab chiqarishda hamda tabobatda foydalaniladi.

Lishayniklar (Lichenes) - zamburugʻlarning maxsus bir guruhi; suv oʻtlari va zamburuglardan tarkib topgan tirik organizmlar kompleksi. Ayrim botaniklar lishayniklarga tuban oʻsimliklarning alohida bir guruhi sifatida qarashadi. Lishayniklar haqidagi fan lixenologiya deb ataladi. 400 turkumga mansub 26000 turi bor. Jinssiz spora hosil qili-shiga binoan, ikki sinf: xaltachali lishayniklar (maʼlum boʻlgan deyarli hamma lishayniklar) va bazidiyali lishayniklarga (bir necha oʻnlab tur) ajratiladi. Koʻk-yashil, sariq-yashil yoki yashil suvoʻtlar lishayniklarning doimiy komponenti hisoblanadi. Odatda, lishayniklarning har bir turiga maʼlum bir suvoʻt turi toʻgʻri keladi.

Lishayniklarning poʻstloqsimon, bargsimon va butasimon shakllari boʻladi. Poʻstloqsimon lishayniklar sodda tuzilgan; donador, guborsimon yoki poʻstloq shaklida. Bargsimon lishayniklar birmuncha murakkab tuzilgan, plastinkalar koʻrinishida. Butasimon lishayniklar ancha murakkab tuzilgan boʻlib, shoxlari osilib tushgan yoki tik oʻsadigan oʻsimlik tupini eslatadi. Lishayniklar anatomik tuzilishiga koʻra gome-omer (suvoʻtlar lishayniklar tanasi boʻylab tekis tarqalgan) va geteromer (suvoʻtlar lishayniklar tanasining faqat ustki poʻstlogʻi ostida joylashgan) boʻladi.

lishayniklar jinsiy, jinssiz vegetativ koʻpayadi. Jinssiz koʻpayishda lishayniklar zamburugʻi sporalari xaltachalarda (xaltachali lishayniklar) yoki baʼzan, bazidiyalarda (bazidiyali lishayniklar) hosil boʻladi. Jinssiz koʻpayishda konidiyalar va piknosporalar vujudga keladi. Zamburugʻ sporalari usadi va oʻziga mos suvoʻt turi bilan birlashib, yangi lishayniklar tallomi — vegetativ tana hosil qiladi, lishayniklar tallomning kichik qismi orqali vegetativ koʻpayadi. Lishayniklardagi suvoʻtlar boʻlinib, yashil suvoʻtlar esa avtosporalar hosil qilib koʻpayadi. Jinsiy koʻpayishda lishayniklar tanasidagi suvoʻtlar va zamburugʻlar alohida koʻpayadi.

Lishayniklarning suv shimadigan maxsus organi yoʻq; suvni ular tallomining butun yuzasi orqali shimadi. Suvoʻtlardagi fotosintez tezligi lishayniklar tallomidagi suvning miqdoriga bogʻliq; lishayniklar kurib qolsa, fotosintez sekinlashadi yoki toʻxtaydi. Poʻstloqsimon lishayniklar butasimon lishayniklarga nisbatan sekin usadi. Lishayniklar yiliga oʻrtacha 0,01 mm dan 100 mm gacha usadi. Haroratning koʻtarilishi yoki pasayishi lishayniklarga uncha taʼsir qilmaydi. lishayniklar yaxshi yoritilgan turli xil substratlarda — daraxtlar, togʻ jinslari, tuproq va yashil oʻsimliklar barglarida, teri, suyak, qogʻoz, shisha, temir va boshqa buyumlar sirtida uchraydi. Lishayniklar hamma materiklarda mavjud. Tropik va subtropik mintaqalarda, ayniqsa, tundra va baland togʻlarda keng tarqalgan. Yaqingacha lishayniklar tanasidagi zamburugʻlar bilan suv oʻtlari orasidagi oʻzaro munosabat simbioz sifatida tushuntirib kelingan edi. Haqiqatda esa ular orasidagi munosabat paratizmta asoslangan boʻlib, ayniqsa, zamburugʻning parazitlik xususiyati yaqqol koʻzga tashlanadi. Lishayniklar unumsiz joylarda oʻsishi tufayli boshqa oʻsimliklar uchun zamin tayyorlaydi. Baʼzi butasimon lishayniklar esa bugʻularning asosiy ozigʻi hisoblanadi. Dorivor (ichni krtiradigan, yumshatadigan, kon bosimini oshiradigan, vitaminli, antibiotikli) lishayniklar ham bor. Lishayniklardan mik-roblarga qarshi dorivor preparatlar ham olingan. Ayrim lishayniklardan parfyumeriya sanoatida, lakmus va boʻyoq tayyor-lashda foydalaniladi. Daraxtlar tanasida oʻsadigan poʻstloq lishayniklari zararkunanda hasharotlar uchun pana joy boʻlganligi sababli salbiy ahamiyatga ega.[6]

  1. F.S. Dobson (2000) Lichens, an illustrated guide to the British and Irish species. Richmond Publishing Co. Ltd., Slough, UK
  2. Morris J, Purvis W.. Lichens (Life). London: The Natural History Museum, 2007 — 19-bet. 
  3. Ferry, B.W., Baddeley, M.S. & Hawkworth, D. L. (Editors) (1973) Air Pollution and Lichens. Athlone Press, London.
  4. Rose C.I., Hawksworth D.L. (1981) Lichen recolonization in London's cleaner air. Nature
  5. D.L. Hawksworth and F. Rose(1976) Lichens as pollution monitors. Edward Arnold, Institute of Biology Series, No. 66. 60pp. ISBN 0-7131-2554-3: 0713125551(pbk.)
  6. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil