Kontent qismiga oʻtish

Golotsen

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Golotsen (yun. holos — hammasi va kainos — yangi) — Vyurm muzligidan keyin, bundan 10—16 ming yil oldin boshlanib hozirgacha davom etayotgan davr. Yerning geologik tarixidagi antropogen (toʻrtlamchi) davrning hozirgacha tugallanmagan oxirgi qismi va shunga mos yotqiziqlar. Golotsen boshlanishi Yevropa materigining shim.da oxirgi muzlanishning tugashiga, paleolit va mezolit orasidagi chegaraga toʻgʻri keladi. Golotsenda turli iqlim bosqichlari birin-ketin almashinib turgan. Yerda iklimning eng yuqori darajasi 7500— 5000-yil avval boʻlgani aniqlangan. Golotsenda quruqlik va dengizlar hozirgi koʻrinishiga ega boʻlgan. Golotsenning 2/3 qismi tarixiy davrga toʻgʻri keladi. Yana q. Toʻrtlamchi sistema (davr).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil