Bo Andersson
Bu Inge Anderson (1955-yil 16-oktabrda Shvetsiyaning Falkenberg shahrida tugʻilgan) — sobiq shved davlat xodimi,[1] tadbirkor va diplomat.
Hozirda u „Oʻzavtosanoat“ning eng yirik korxonalari — „UzAutoMotors“ va „UzAutoMotors Powertrain“larning bosh direktori[2].
YAZAKI kompaniyasini Europe&Africa va Shimoliy&Markaziy America boʻlinmalari prezidenti lavozimida ham faoliyat yuritgan.[3] U 28 ta davlatdagi 129 ta filiallari, 140 ming kishilik jamoa va 8 mlrd AQSh dollari uchun maʼsul hisoblanadi.[4] YAZAKI avtomobil sanoati uchun dunyodagi eng yirik elektrotexnika ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.
YAZAKIdagi ish boshlashidan oldin, Bo Andersson quyidagi lavozimlarda faoliyat olib borgan,Saab Avtomobil sotib olish boʻlimi boshligʻi, General Motors global taʼminot va taʼminot zanjiri boʻlimi boshligʻi, GAZ Guruh islohatlar uchun bosh boshqaruvchisi va 2013-yil dekabrdan 2016-yil aprelgacha AVTOVAZda birinchi rus boʻlmagan bosh boshqaruvchisi boʻlgan.[5]
2016-yil apreldan 2017-yil iyunga qadar Bo Andersson Bo Group Enterprises kompaniyasining bosh boshqaruvchisi boʻlib ishlagan.[6] 2017-yil iyulda, Bu Andersson AZAKI kompaniyasini Europe&Africa boʻlinmasi prezidenti etib tayinlandi va 2018-yil 3-martda Shimoliy&Markaziy America boʻlinmasi prezidenti rolini qoʻshib oldi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu Inge Anderson Shvetsiya janubida oʻsdi. U Shvetsiya harbiy akademiyasini bitirgan va keyin armiyada xizmat qilgan. U armiyani katta lavozimda tark etdi.[7] Andersson Stokgolm Universitetida biznes boshqaruvi boʻyicha bakalavr darajasini oldi va Garvard Universitetida top menejment dasturini yakunladi.
General Motors
[tahrir | manbasini tahrirlash]Andersson 1987-yilda Saab Avtomobil ABda xarid qilish menejeri sifatida ish faoliyatini boshlagan, bu yerda 1990-yilda Saab taaminot vitse-prezidenti etib tayinlangan. 1993-yilda General Motors (GM) da elektr jihozlarini sotib olish guruhining ijrochi direktori lavozimida ishlash uchun Detroytga koʻchib oʻtdi. Bir-yil oʻtgach, u GM kimyoviy taʼminot guruhining ijrochi direktori etib tayinlandi va bu lavozimda uch-yil ishladi. 1997-yilda, Yevropa xaridlari boʻyicha vitse-prezidenti lavozimini egallash uchun u Germaniyaga koʻchib oʻtdi.[8] 2001-yilda Andersson GMning top boshqaruvining bir qismi boʻlib, 2007-yilgacha butun dunyo boʻylab xaridlar boʻyicha vitse-prezident va 2009-yilgacha global xaridlar va taʼminot zanjiri boʻyicha vitse-prezident boʻlib ishlagan.
Andersson 2009-yilda GMni tark etdi va Rossiyaning eng qadimgi avtomobil zavodi va engil tijorat avtomobillari, avtobuslar va yoʻltanlamas ogʻir yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi GAZ Guruhining direktorlar kengashi rahbari Oleg Deripaskaga (Rossiya sanoat millarderi) maslahatchisi boʻldi.[9]
GAZ Guruhi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Andersson 2009-yil 7-avgustda kompaniyaning strategiyasini amalga oshirilayotgan joriy faoliyati bilan birlashtirish maqsadida GAZ guruhining prezidenti boʻldi,. Asosiy maqsad, kompaniyani rentabellikka qaytarish edi.
Besh-yil davomida GAZda ish olib borganida, u 1 mlrd AQSh dollardan ziyod zararni yoʻqotdi va kompaniyani barqaror EBIT boʻyicha daromadga olib chiqdi: 7,6 % (2010), 8,8 % (2011), 10,3 % (2012).[10][11][12][13][14][15] Rossiya valyutasida foyda 2008-yildagi 30,5 mlrd rubl zarardan 2012-yildagi 8,8 mlrd sof foydaga oʻzgardi.[16]
Ushbu natijalarga Andersson tomonidan olib borilgan GAZ Guruhidagi izchil islohotlar natijasida erishildi:
— Kompaniya xodimlar sonini 50 ming kishiga kamaytirdi
— GAZ Volga yengil avtomobillari va ixtisoslashtirilgan avtomobillarni tasniflashni oʻz ichiga olgan samarasiz mahsulot liniyalari tugatilib, 2009-yilda yetti asosiy mahsulotga nisbatan, uchta asosiy mahsulot yoʻnalishiga alohida eʼtibor qaratildi.
— Barcha xodimlar uchun foyda taqsimoti dasturi ishga tushirildi va korruptsiyaga qarshi nol-bagʻrikenglik siyosati oʻrnatildi
— Soʻnggi 20-yil ichida birinchi yangi LCV platformasini oʻz ichiga olgan, yangi modellar toʻplami ishga tushirildi
— Gaz zavodida Volkswagen/Škoda, GM va Daimler modellarini ishlab chiqarish mahalliylashtirildi
AVTOVAZ
[tahrir | manbasini tahrirlash]2013-yil 5-noyabrda Andersson OAJ AVTOVAZ prezidenti etib tayinlandi — Lada eski moda avtomobillarini ishlab chiqargan va bozor ulushini yoʻqotgan eng yirik rus avtomobil ishlab chiqaruvchisi.[17] Shved menejeri kompaniyaning birinchi xorijiy prezidenti boʻldi. Uning yangi vazifasi LADA brendining qayta tiklanishi edi.[18]
Andersson uchun AvtoVAZ prezidenti sifatida asosiy vazifalar orasida kompaniyaning mahsulot portfelini yaxshilash va brendning jozibadorligini oshirish edi. AvtoVAZ prezidenti lavozimida ishlagan dastlabki ikki-yil ichida, kompaniya 14 yangi avtomobili — Lada rusumli oltita yangi avtomobil va Renault Nissan Alliance uchun sakkizta avtomobil ishlab chiqardi.[15] GAZ guruhida boʻlgani kabi, Andersson kompaniyaning biznesini isloh qilish bilan shugʻullangan. U oʻz ichiga quyidagilarni oladi:[19]
— Boshqaruv darajasini 9-dan 5-ga pasaytirish orqali biznes jarayonlarini optimallashtirish
Ish samaradorligini oshirish uchun standartlashtirilgan ish joylari
Ishchilar sonini 37 %ga 77 mingdan 44 ming kishiga kamaytirish, jumladan boshqaruv ishchilari soni 44 %ga 16 mingdan 8,9 ming kishiga, zavod ishchilari 35 %ga 54,1 mingdan 35,4 ming kishiga kamaytirildi.
— Biznesni qayta qurish, shu jumladan samarasiz filiallarni sotish yoki yoʻq qilish va taʼminot bazasini qayta qurish
— Kompaniyaning korporativ identifikatorini oʻzgartirish, shu jumladan, Lada brendining yangi logotipini joriy etish[20]
Anʼanaviy Lada avtomobillari bilan bir xil zavodda Alliance mahsulotlarini ishlab chiqarish orqali AvtoVAZ oʻz mijozlariga mahsulot sifati xalqaro brendlarning yuqori standartlariga javob berishini isbotlashga muvaffaq boʻldi.
2015-yilda AvtoVAZ koʻp-yillardan soʻng kompaniyaning birinchi, albatta, yangi 2 modelini 2ta zavodda-Lada Vesta (Izhevsk) va Lada XRAY (Tolyatti) ishlab chiqara boshladi. Yangi modellar katta muvaffaqiyatlarga erishdi. 2016-yil yanvarda Lada Vesta savdo boshlanganidan ikki oydan keyin raqobatchilarini quvib oʻtib, jumladan Škoda Rapid, Rossiyada eng koʻp sotilgan avtomobillar 10ligiga kirdi.[21] Lada tarixida birinchi marta, Lada Vesta Rossiya bozorida oʻz sinfida eng xavfsiz avtomobil boʻldi, Avtoview crash testlarida maksimal reytingini oldi (4 yulduz ARCAP).[22]
2015-yilda Vedomosti gazetasi tomonidan Andersson „2015-yil Odami“ deb topildi. U bu mukofotni „ulkan davlat korxonasi“ni bozorbop mashinalar ishlab chiqaruvchi oddiy zavodga aylantirgani uchun qabul qilib oldi.[23]
2016-yil 17-fevral kuni Anderson isteʼfosini eʼlon qildi. U yangi rahbariyatga oʻtishni qoʻllab-quvvatlash uchun 3-aprelgacha oʻz lavozimida qolishga rozi boʻldi. Aprel oyidan boshlab, Andersson Bo Group Enterprises kompaniyasining bosh direktori boʻldi.[6][24]
Tanqid
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yilda AvtoVAZning Rossiyada bosh direktori lavozimida u texnologik uskunalar ishlab chiqarishni va AvtoVAZning pilot ishlab chiqarishini toʻxtatdi.[25][26] Tolyatti shahar Dumasi raisi Nikolay Ostudin Anderssonni Renault foydasiga LADAni yoʻq qilishga urinishda aybladi va hech qanday faktlar va dalillarni keltirmadi.[27]
YAZAKI Kompaniyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu Andersson 2017-yil 14-iyulda YAZAKI Yevropa prezidenti etib saylandi. 2018-yil 3-martda YAZAKI kompaniyasini Europe&Africa va Shimoliy&Markaziy America boʻlinmalari prezidenti etib tayinlandi. Bundan tashqari, 2017-yil iyul oyigacha YAZAKI Yevropa prezidenti lavozimida davom etdi. U 28 ta davlatdagi 129 ta filiallari, 140 ming kishilik jamoa va 8 mlrd AQSh dollari uchun maʼsul hisoblanadi.[28]
Nominatsiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 5-yilda Rossiya avtomobil biznesida erishgan ulkan yutuqlari uchun „Top 5 avto“ ning „Yilning avto shaxsi“ nominatsiyasida taqdirlandi[29]
- Prezidenti Qodirov tomonidan 2015-yilda Checheniston Respublikasi rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun medal bilan taqdirlangan
- 2015-yilda Vedomosti gazetasida „2015-yil profesionali“ga nomzodi koʻrsatilgan[30]
- 2013-yilda Rossiya xalqaro Avto sanoat forumida „Rossiya avtomobil sanoatini jahon avtomobil sanoatiga integratsiya qilishiga hissa“ deb tan olingan[31]
- 2013-yilad Nijniy Novgorod dumasi tomonidan Nijniy Novgorod Faxriy Fuqarosi deb taqdirlandi[32]
- 2012-yilda Nijniy Novgorodda Shvetsiya Qirolligining sobiq faxriy konsuli[33]
- 2012-yilda avtomobil taʼminot zanjiri boʻyicha „Avtomobil taʼminot zanjiri ajoyib yutuqlari“[34]
- 2011 da Adam Smit institutiga koʻra, Rossiya uchun „Yilning avtomobil rahbari“[35]
- 2011-yilda Yevropa avtomobil yangiliklari boʻyicha „Rivojlanayotgan bozorlar boshqaruvchi yevroyulduzi“[36]
- 2010-yilda Adam Smit institutiga koʻra „2010-yilning eng yaxshi Ijrochi rahbari“[37]
- 2009-yilda Adam Smit instituti koʻra „Bozordagi eng yaxshi yangi boshlovchi“[38]
Maʼlumotnomalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Svensken som rattar Putins bilfabrik“. Dagens Nyheter (27-mart 2015-yil). Qaraldi: 27-mart 2015-yil.
- ↑ „«UzAutoMotors» компаниясига янги бош директор тайинланди“. Bugun.uz. 2022-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
- ↑ „Former GM Exec Bo Andersson To Lead Yazaki Europe“.
- ↑ „New Role at YAZAKI“. yazaki-na.com.
- ↑ „AvtoVAZ appoints ex-GM executive Andersson as first non-Russian chief“. europe.autonews.com. Automotive News Europe (5-noyabr 2013-yil). Qaraldi: 6-noyabr 2013-yil.
- ↑ 6,0 6,1 „Глава "АвтоВАЗа" Бу Андерссон подал заявление об отставке еще 17 февраля“. Газета.Ru. Qaraldi: 2016-yil 3-aprel.
- ↑ „Rostec :: News :: 100 days at AvtoVAZ“. rostec.ru. 2020-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-fevral.
- ↑ „Q&A: Bo Andersson Joined GAZ to Flee Detroit Stardom | News“. The Moscow Times. Qaraldi: 2016-yil 29-fevral.
- ↑ „Общая информация“. gazgroup.ru. 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-fevral.
- ↑ „Годовой отчёт 2008“. gazgroup.ru. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-fevral.
- ↑ „Годовой отчёт 2010“. gazgroup.ru. 2011-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-fevral.
- ↑ „GAZ Group Reports Increased 2012 Profits | Business“. The Moscow Times. Qaraldi: 2016-yil 1-mart.
- ↑ „Годовой отчёт 2011“. gazgroup.ru. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-fevral.
- ↑ „Годовой отчёт 2012“. gazgroup.ru. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-fevral.
- ↑ 15,0 15,1 Avtovaz. „Bo Inge Andersson | LinkedIn“. Qaraldi: 2016-yil 28-fevral.
- ↑ „OAO GAZ consolidated financial statements under IFRS“. eng.gazgroup.ru. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-mart. (Wayback Machine saytida 2016-03-05 sanasida arxivlangan)
- ↑ „AvtoVAZ CEO Bo Andersson aims to restore pride to Lada“. Automotive News. Qaraldi: 2016-yil 28-fevral.
- ↑ Foy, Henry. „Bo Andersson becomes first foreign head of Avtovaz“ (2013-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 1-mart.
- ↑ „Bo Inge Andersson | LinkedIn“. www.linkedin.com. Qaraldi: 2016-yil 29-fevral.
- ↑ „AvtoVAZ introduced a new logo of Lada“. eng.autostat.ru. Qaraldi: 2016-yil 1-mart.
- ↑ „В январе авторынок показал худший результат за шесть лет“. www.autonews.ru. Qaraldi: 2016-yil 28-fevral.
- ↑ „LADA Vesta gets maximum score in ARCAP crash test conducted by Autoreview - Press-releases - News - Official website LADA“. LADA official website. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-fevral. (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Персона года — 2015“. persona2015.vedomosti.ru. 2017-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-mart. (Wayback Machine saytida 2017-08-26 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Пресс-центр ОАО "АВТОВАЗ"“. company.avtovaz.ru. 2016-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-aprel. (Wayback Machine saytida 2016-04-21 sanasida arxivlangan)
- ↑ AvtoVAZ liquidates Volzhsky Machine-Building Plant
- ↑ „Opitnoe promishlennoe proizvodstvo VAZa prekratilo svoyo suщestvovanie“. 2019-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-aprel.
- ↑ The meeting of the Duma Commission on the issue of publicity in covering the activities of deputies from 01/21/2019
- ↑ , arxivsana= parametri ham koʻrsatilishi zarur. „YAZAKI press release“. yazaki-na.com (3-mart 2018-yil). 3-mart 2018-yilda asl nusxadan [ arxivlangan].
- ↑ „ОБЪЯВЛЕНЫ ПОБЕДИТЕЛИ ТРЕТЬЕЙ ЕЖЕГОДНОЙ НАЦИОНАЛЬНОЙ ПРЕМИИ ЭКСПЕРТОВ АВТОМОБИЛЬНОГО БИЗНЕСА "ТОП-5 АВТО".“.
- ↑ „Персона года — 2015“. persona2015.vedomosti.ru. 2017-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-mart. (Wayback Machine saytida 2017-08-26 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Leader's Forum 2013 - Agility 2020Leader's Forum 2013“. leadersforum2013.scmworld.com. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-mart. (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Андерссон Бу Инге“. www.gorduma.nnov.ru. Qaraldi: 2016-yil 1-mart.
- ↑ Administrator. „Почетные Консулы“. www.mid.nnov.ru. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-mart. (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Руководство“. gazgroup.ru. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-mart.
- ↑ „ГАЗ: взгляд со стороны“. www.avtovzglyad.ru. Qaraldi: 2016-yil 1-mart.
- ↑ „Leader's Forum 2013 - Agility 2020Leader's Forum 2013“. leadersforum2013.scmworld.com. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-mart. (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Президента ГАЗа признали лучшим руководителем в автомобильной отрасли России - Колеса.ру“. www.kolesa.ru. Qaraldi: 2016-yil 1-mart.
- ↑ „Президент "Группы ГАЗ" награжден премией Института Адама Смита — Время Н: Новости Нижнего Новгорода и Нижегородской области“. www.vremyan.ru. Qaraldi: 2016-yil 1-mart.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bo Andersson tomonidan tasdiqlangan axborot byulleteni (Wayback Machine saytida 2012-02-22 sanasida arxivlangan)