Bobby Decordova-Reid
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Bobby Armani De Cordova-Reid | ||
Tavallud sanasi | 2-fevral 1993-yil[1] | ||
Tavallud joyi | Bristol, Angliya | ||
Boʻyi | 5 ft 7 in (1.70 m)[2] | ||
Ampluasi | Hujumchi, chap qanot vingeri | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Fulham | ||
Raqami | 14 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2002—2011 | Bristol City | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2011—2018 | Bristol City | 135 | (26) |
2011 | → Cheltenham Town (ijara) | 1 | (0) |
2013 | → Oldham Athletic (ijara) | 7 | (0) |
2014 | → Plymouth Argyle (ijara) | 7 | (0) |
2014—2015 | → Plymouth Argyle (ijara) | 6 | (2) |
2015 | → Plymouth Argyle (ijara) | 20 | (1) |
2018—2020 | Cardiff City | 28 | (5) |
2019—2020 | → Fulham (ijara) | 24 | (4) |
2020—2024 | Fulham | 159 | (25) |
2024— | Leicester City | 7 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2019— | Yamayka | 17 | (2) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (30-oktyabr 2022-yil (utc) uchun) |
Bobby Armani De Cordova-Reid (talaffuzi: Bobbi Armani De Kordova-Rid; 1993-yil 2-fevralda tugʻilgan) — professional futbolchi. U Premyer-liga vakili Leicester City klubida hujumchi yoki chap qanot vingeri sifatida oʻynaydi. Angliyada tugʻilgan De Cordova-Reid xalqaro miqyosda Yamayka terma jamoasida toʻp suradi.
Yoshligi va shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]De Cordova-Reid Angliyaning Bristol shahrida tugʻilgan va kelib chiqishi yamaykalik[3]. U Eastonda oʻsgan[4]. De Cordova-Reid Watford va Norwich Cityda oʻynagan futbolchi Anthony McNameening amakivachchasi[4]. 2018-yil oktyabr oyida u ismini Bobby De Cordova-Reidga oʻzgartirdi[5]. „De Cordova“ onasining ismi boʻlib, Reid bu harakatini: „Men uchun qilgan mashaqqatli mehnatidan keyin shunday qilishni xohladim“, — deb ifodalaydi[6]. Leyboristlar partiyasidan boʻlgan deputat Marsha de Cordova De Cordova-Reidning katta singlisidir[5].
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bristol City
[tahrir | manbasini tahrirlash]De Cordova-Reid Bristol Cityning yoshlar jamoasida oʻynagach, 2011-yil 4-aprelda unga shu klub tomonidan professional shartnoma taklif qilindi[7]. U 2010—2011-yilgi mavsumning soʻnggi oʻyini uchun[8] asosiy jamoaga chaqirildi va u yerda kattalar safidagi debyutini amalga oshirdi[9]. 2011-yilning noyabrida De Cordova-Reid yil oxirigacha ijarada oʻynash uchun Cheltenham Townga oʻtdi[10]. 2013-yilning 25-martida u Oldham Athletic bilan 2012—2013-yilgi mavsum oxirigacha amal qiladigan ijara shartnomasini imzoladi[11].
De Cordova-Reid 2014-yil sentyabr oyida Plymouth Argyle bilan bir oylik ijara shartnomasini imzoladi[12]. Keyin ijara shartnomasi ikkinchi oyga uzaytirildi[13][14], ammo u jarohati tufayli Bristol Cityga ertaroq qaytib keldi[15]. Bristolda bir marta maydonga tushganidan soʻng, De Cordova-Reid oʻsha oyning oxirida Plymouthga ijaraga qaytdi[16]. U 2015-yil yanvar oyida uchinchi marta ijarada oʻynash uchun Plymouthga qaytdi[17]. De Cordova-Reid keyingi mavsumda Futbol ligasi chempionatida 27 marta oʻynab, ikkita gol urdi va Bristol City ligada 18-oʻrinni egallab[18], toʻgʻridan-toʻgʻri Futbol ligasi 1ga tushib ketishdan himoya qilindi[19].
De Cordova-Reid jamoasi Premyer-ligadagi raqiblari Watford, Stoke City, Crystal Palace va Manchester United ustidan gʻalaba qozongan oʻyinlarda maydonga tushib, 2017—2018-yilgi mavsumda Bristol Cityga EFL kubogining yarim finaliga chiqishda yordam berdi[20]. U yarim finalda, APL peshqadami Manchester Cityga qarshi oʻyinda gol urdi[21].
Cardiff City
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yilning 28-iyunida De Cordova-Reid Premyer-liganing yangi aʼzosi Cardiff City bilan 10 million funt sterling evaziga toʻrt yillik shartnoma imzoladi[22]. U 2017—2018-yilgi mavsumni „gʻalati“ deb taʼriflagan[23]. De Cordova-Reid klubdagi debyutini 2018—2019-yilgi mavsumning ochilish kunida, AFC Bournemouthga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazdi[24]. U Cardiff futbolkasidagi ilk golini 20-oktyabr kuni Fulhamga qarshi gʻalaba bilan kechgan oʻyinda (4:2) kiritdi[25]. 2019-yilning 2-fevralida, 26 yoshga toʻlgan tugʻilgan kunida De Cordova-Reid AFC Bournemouthga qarshi kechgan mezbonlik oʻyinda maydonga tushdi va jamoasining raqibi ustidan gʻalaba qozonishiga sababchi boʻlgan ikkala golini ham o‘z hisobiga yozib qo‘ydi[26].
Fulham
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yilning avgustida De Cordova-Reid ijara asosida Fulhamga oʻtdi[27]. U 2019-yil 10-avgustda EFL chempionati doirasidagi Blackburn Roversga qarshi 2:0 hisobidagi gʻalaba bilan kechgan oʻyinda klub safidagi debyutini qildi[28]. De Cordova-Reid klubdagi ilk golini 2019-yil 26-noyabrda Derby Countyga qarshi gʻalabali oʻyinda (3:0) kiritdi[28]. Uning Fulham bilan tuzilgan shartnomasi 2020-yil 24-yanvarda doimiy asosda oʻynashi uchun uzaytirildi va uch yarim yillik shartnoma imzolandi[29].
De Cordova-Reid 2020—2021-yilgi mavsumni Fulhamning eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunladi, biroq klub oliy ligada atigi bir mavsum oʻynaganidan soʻng Premyer-ligadan tushib ketdi[30].
2021-yil 14-avgustda u Huddersfield Town jamoasiga qarshi safarda 5:1 hisobidagi gʻalaba bilan kechgan o‘yinda uchta golli uzatmani amalga oshirdi[31].
Leicester City
[tahrir | manbasini tahrirlash]2024-yil 6-iyulda De Cordova-Reid Premer-ligaga yangi ko‘tarilgan Leicester City klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi[32][33][34].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yil iyun oyida De Cordova-Reid iyul oyida boshlanadigan CONCACAF oltin kubogi oʻyinlari uchun Yamayka milliy terma jamoasida oʻynashga taklif etildi[35]. Oʻsha yili avgust oyida u CONCACAF millatlar ligasi doirasidagi Antigua va Barbuda hamda Gayanaga qarshi oʻyinlarda qatnashish uchun rasman terma jamoaga chaqirilgan[36]. De Cordova-Reid 6-sentyabr kuni Antigua va Barbudaga qarshi oʻyinda debyut qildi va ushbu uchrashuvda Yamayka terma jamoasi 6:0 hisobida gʻalaba qozondi[37].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2022-yil 29-oktyabr holatiga koʻra:
Klub | Mavsum | Liga | FA kubogi | Liga kubogi | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Bristol City | 2010—2011[9] | EFL chempionati | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 1 | 0 | |
2011—2012[38] | Chempionat | 0 | 0 | — | 0 | 0 | — | 0 | 0 | |||
2012—2013[39] | Chempionat | 4 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | — | 5 | 1 | ||
2013—2014[40] | Birinchi liga | 24 | 1 | 3 | 0 | 3 | 0 | 2 | 0 | 32 | 1 | |
2014—2015[41] | Birinchi liga | 2 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | |
2015—2016[42] | Chempionat | 28 | 2 | 1 | 0 | 1 | 0 | — | 30 | 2 | ||
2016—2017[43] | Chempionat | 30 | 3 | 1 | 0 | 4 | 1 | 0 | 0 | 35 | 4 | |
2017—2018[44] | Chempionat | 46 | 19 | 0 | 0 | 6 | 2 | 0 | 0 | 52 | 21 | |
Jami | 135 | 26 | 6 | 0 | 15 | 3 | 2 | 0 | 158 | 29 | ||
Cheltenham Town (ijara) | 2011—2012[38] | Ikkinchi liga | 1 | 0 | 0 | 0 | — | — | 1 | 0 | ||
Oldham Athletic (ijara) | 2012—2013[39] | Birinchi liga | 7 | 0 | — | — | — | 7 | 0 | |||
Plymouth Argyle (ijara) | 2014—2015[41] | Ikkinchi liga | 33 | 3 | — | — | 2 | 0 | 35 | 3 | ||
Cardiff City | 2018—2019[45] | Premyer-liga | 27 | 5 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 29 | 5 |
2019—2020[46] | Chempionat | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | |
Jami | 28 | 5 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 30 | 5 | ||
Fulham (ijara) | 2019—2020[46] | Chempionat | 24 | 4 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 25 | 4 |
Fulham | 2019—2020[46] | Chempionat | 17 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 21 | 2 |
2020—2021[47] | Premyer-liga | 33 | 5 | 2 | 1 | 2 | 1 | 0 | 0 | 37 | 7 | |
2021—2022[48] | Chempionat | 41 | 8 | 1 | 0 | 2 | 0 | — | 44 | 8 | ||
2022—2023[49] | Premyer-liga | 13 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 13 | 3 | |
Jami | 104 | 18 | 4 | 1 | 4 | 1 | 3 | 0 | 115 | 20 | ||
Faoliyati jami | 332 | 56 | 11 | 1 | 21 | 4 | 7 | 0 | 371 | 61 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2022-yil 27-sentyabr holatiga koʻra[50]:
Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Yamayka | |||
2019-yil | 4 | 1 | |
2020-yil | 2 | 0 | |
2021-yil | 8 | 1 | |
2022-yil | 3 | 0 | |
Jami | 17 | 2 |
- Hisob va natija birinchi boʻlib Yamaykaning gollari roʻyxatini, hisob ustuni De Cordova-Reidning har bir golidan keyingi ochkoni koʻrsatadi.
No. | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2019-yil 6-sentyabr | Montego Bay sport majmuasi, Montego Bay, Yamayka | Antigua va Barbuda | 2-0 | 6-0 | 2019—2020 CONCACAF millatlar ligasi B |
2 | 2021-yil 12-iyul | Exploria stadioni, Orlando, AQSh | Surinam | 2-0 | 2-0 | 2021 CONCACAF oltin kubogi |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fulham
Individual
- Bristol Cityda „Yilning eng yaxshi oʻyinchisi“: 2017—2018[53]
- EFLning mavsumdagi eng yaxshi jamoasi: 2017—2018[54]
- Yilning PFA jamoasi: 2017—2018 chempionati[55]
- CONCACAF oltin kubogi „Turnirning eng yaxshi goli“: 2021[56]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Profile“. Bristol City F.C.. 2011-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Sky Sports Football Yearbook 2012–2013, 43rd, London: Headline Publishing Group, 2012 — 441-bet. ISBN 978-0-7553-6356-8.
- ↑ „ENGLAND/ OFFICIAL, Reid and Burns renew for Bristol City“. social_image.
- ↑ 4,0 4,1 Herman, Rob. „Bobby Reid on his journey from inner-city Bristol to the top of the Championship“. Bristol Post (8-mart 2018-yil). Qaraldi: 24-fevral 2019-yil.
- ↑ 5,0 5,1 Booth. „Bobby Decordova-Reid interview: The personal family reasons why I'm changing my name by deed poll“. Wales Online (26-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 17-sentabr 2019-yil.
- ↑ Decordova-Reid. „For everyone asking about the name change on the back of my shirt... Decordova is my mums surname and wanted represent her after the hard work she's done for me“ (18-avgust 2018-yil).
- ↑ „Five Offered Pro Deals“. Bristol City F.C. (4-aprel 2011-yil). 2011-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-may 2011-yil.
- ↑ „Bobby Named In Derby Squad“. Bristol City F.C. (28-aprel 2011-yil). 2011-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-may 2011-yil.
- ↑ 9,0 9,1 „Games played by Bobby Decordova-Reid in 2010/2011“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 17-sentabr 2019-yil.
- ↑ „Cheltenham Town sign Bristol City's Bobby Reid“. BBC Sport. Qaraldi: 24-noyabr 2011-yil.
- ↑ „Latics sign Reid“. Oldham Athletic A.F.C. (25-mart 2013-yil).
- ↑ „Bobby Reid: Plymouth Argyle sign Bristol City midfielder on loan“. BBC Sport (25-sentabr 2014-yil). Qaraldi: 26-noyabr 2014-yil.
- ↑ „Plymouth Argyle hope to extend Bobby Reid loan from Bristol City“. BBC Sport (23-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 26-noyabr 2014-yil.
- ↑ „Plymouth Argyle extend Bobby Reid loan from Bristol City“. BBC Sport (27-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 26-noyabr 2014-yil.
- ↑ „Bristol City recall Bobby Reid from Plymouth Argyle loan“. BBC Sport (13-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 26-noyabr 2014-yil.
- ↑ „Bobby Reid: Bristol City midfielder returns to Plymouth Argyle“. BBC Sport (26-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 26-noyabr 2014-yil.
- ↑ „Bobby Reid: Bristol City midfielder re-joins Plymouth Argyle“. BBC Sport (4-mart 2018-yil).
- ↑ „Bobby Reid – Football Stats – Bristol City – Season 2015/2016 – Soccer Base“. www.soccerbase.com.
- ↑ „Blackburn Rovers 2–2 Bristol City“. BBC Sport (23-aprel 2016-yil).
- ↑ Herman, Rob. „Bristol City Carabao Cup run: How Robins reached Man City semi-final“. Bristol Post (23-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 6-yanvar 2019-yil.
- ↑ „Manchester City 2–1 Bristol City“. BBC Sport (9-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 6-yanvar 2019-yil.
- ↑ „Cardiff City sign striker Bobby Reid from Bristol City“. BBC Sport (28-iyun 2018-yil). Qaraldi: 28-iyun 2018-yil.
- ↑ „Bobby Reid: New Cardiff City striker inspired by 'crazy' 2017–18 season“. BBC Sport (17-iyul 2018-yil).
- ↑ „Bournemouth 2–0 Cardiff City“. BBC Sport (11-avgust 2018-yil). Qaraldi: 11-avgust 2018-yil.
- ↑ „Cardiff City 4–2 Fulham“. BBC Sport (20-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2018-yil.
- ↑ Fisher, Ben. „Bobby Reid gives Cardiff win over Bournemouth on day of emotion“. The Guardian (2-fevral 2019-yil). Qaraldi: 24-fevral 2019-yil.
- ↑ „Bobby Reid & Harrison Reed: Fulham sign Cardiff City forward & Southampton midfielder“. BBC Sport (8-avgust 2019-yil).
- ↑ 28,0 28,1 FC. „Fulham FC“. Fulham FC. Qaraldi: 21-mart 2021-yil.
- ↑ „Bobby Decordova-Reid: Fulham sign Cardiff City forward on permanent deal“. BBC Sport (24-yanvar 2020-yil).
- ↑ „Most Premier League goals 2020/21: Every club’s top scorer this season“. Squawka (23-may 2021-yil). Qaraldi: 16-avgust 2021-yil.
- ↑ „ʻWill be huge for us this year’ – Many Fulham fans are loving key man’s recent showing v Huddersfield Town“. MSN (14-avgust 2021-yil). Qaraldi: 16-avgust 2021-yil.
- ↑ „Leicester City Confirm De Cordova-Reid signing“. Leicester City F.C. (2024-yil 6-iyul).
- ↑ Leventhal, Adam. „Leicester sign De Cordova-Reid on free transfer“. The Athletic. The New York Times (2024-yil 6-iyul). Qaraldi: 2024-yil 7-iyul.
- ↑ „Leicester: Bobby Decordova-Reid joins on free transfer after Fulham exit“. BBC Sport (2024-yil 6-iyul).
- ↑ Robert Bailey. „Here Come The Brits! - Reggae Boyz Recall For McLeary With Cardiff's Reid Leading New English Crew“. The Gleaner (1-may 2019-yil). Qaraldi: 26-iyun 2019-yil.
- ↑ „English boys Reid, Johnson join Reggae Boyz set-up“ (31-avgust 2019-yil).[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Reggae Boyz whip Antigua in Concacaf Nations League“ (8-sentabr 2019-yil). 2020-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-noyabr.
- ↑ 38,0 38,1 „Games played by Bobby Decordova-Reid in 2011/2012“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 17-sentabr 2019-yil.
- ↑ 39,0 39,1 „Games played by Bobby Decordova-Reid in 2012/2013“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 17-sentabr 2019-yil.
- ↑ „Games played by Bobby Decordova-Reid in 2013/2014“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 17-sentabr 2019-yil.
- ↑ 41,0 41,1 „Games played by Bobby Decordova-Reid in 2014/2015“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 17-sentabr 2019-yil.
- ↑ „Games played by Bobby Decordova-Reid in 2015/2016“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 17-sentabr 2019-yil.
- ↑ „Games played by Bobby Decordova-Reid in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 17-sentabr 2019-yil.
- ↑ „Games played by Bobby Decordova-Reid in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 17-sentabr 2019-yil.
- ↑ „Games played by Bobby Decordova-Reid in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 17-sentabr 2019-yil.
- ↑ 46,0 46,1 46,2 „Games played by Bobby Decordova-Reid in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 17-sentabr 2019-yil.
- ↑ „Games played by Bobby Decordova-Reid in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 13-sentabr 2020-yil.
- ↑ „Games played by Bobby Decordova-Reid in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 28-avgust 2022-yil.
- ↑ „Games played by Bobby Decordova-Reid in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 28-avgust 2022-yil.
- ↑ „Bobby Decordova-Reid“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 10-fevral 2022-yil.
- ↑ „Championship: 2021/22: Current table“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 8-may 2022-yil.
- ↑ Stevens, Rob. „Brentford 1–2 Fulham“. BBC Sport (4-avgust 2020-yil). Qaraldi: 8-avgust 2020-yil.
- ↑ „Club Records – Brisol City“. 2022-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-noyabr.
- ↑ „2018 EFL Awards: Winners announced“. EFL.com (16-aprel 2018-yil). Qaraldi: 26-aprel 2022-yil.
- ↑ „PFA Championship Team of the Year: Wolves & Fulham trios named in line-up“. BBC Sport (18-aprel 2018-yil). Qaraldi: 5-may 2018-yil.
- ↑ „Jamaica’s Reid takes Gold Cup Goal of the Tournament“. CONCACAF (2-avgust 2021-yil). Qaraldi: 2-avgust 2021-yil.