Bobojon Nishonov
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bobojon Nishonov (1930, Fargʻona viloyati Rishton qishlogʻi) — kulol, Oʻzbekiston xalq rassomi (1973). Otasi usta Nishonboy Zoirovdan hunar oʻrgangan. 1941-yildan "Yangi hayot" artelida kulol, rassom, 1970 — 1990 yillardan Rishton badiiy kulollik buyumlari zavodida rassom. Bobojon Nishonov Rishton kulolligi maktabini rivojlantirdi, naqsh mujassamotini yangi mavzu va naqshlar bilan boyitdi, anʼanaviy buyumlarni mahorat bilan bezadi. Bobojon Nishonov ishlagan, sirlab bezagan sopol idishlar va badiiy buyumlar xalqaro koʻrgazmalarda namoyish qilingan; Bobojon Nishonov yaratgan ayrim badiiy buyumlar respublika muzeylarida saqlanadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |