Kontent qismiga oʻtish

Bobomurod Hamdamov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bobomurod Hamdamov
Tavalludi 4-mart 1940-yil
Vafoti 2-sentyabr 2024-yil(2024-09-02)
(84 yoshda)
Janrlar
Kasbi
Faoliyat yillari 1960—2024
Leybllar
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Bobomurod Hamdamov (1940-yil 4-mart, Chorjoʻy, Turkmaniston SSR, SSSR2024-yil 2-sentyabr, Oʻzbekiston) – sovet, oʻzbek va turkman xonandasi, Oʻzbekiston SSR, Turkmaniston SSR va Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq artisti. Oʻzbek sanʼatining klassik hofizi va ustozi, „Doʻstlik“ ordeni sohibi.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bobomurod Hamdamov 1940-yilda Turkmaniston SSRning Chorjoʻy shahrida tugʻilgan. Bolaligidan qoʻshiq aytishni yaxshi koʻrgan. Asosan Bobomurod Hamdamov 4 tilda: o‘zbek, turkman, tojik va hind tilida xalq qoʻshiqlarini ijro etgan. Oʻrta maktabni tugatgandan keyin koʻtarma kranchilar tayyorlayidagn qisqa kursni oʻqib, qurilishga ishga kirgan[1]. Ammo qoʻshiq aytishni yaxshi koʻrgani uchun ishni tashlab ketgan[1]. Dastlab hindcha qoʻshiqlar aytgan, chunki ovozi hindchaga yaqin boʻlgan. Ustozi Komiljon Otaniyovzning Toshvouzdagi ansamblida ishlagan[1]. Bobomurod Hamdamov 2024-yil 2-sentybar kuni 84 yoshida vafot etdi[2].

Turmush oʻrtogʻi Jumagul Rajapova (2022-yilda 79 yoshida vafot etgan)[3], ularning besh oʻgʻli va bir qizi bor[4]. Oʻgʻillaridan birining ismi Shamsiddin[5]. Ikki oʻgʻli Turkmanistonda istiqomat qilishadi[6].

2020-yil sentyabr oyida Bobomurod Hamdamovning qizi firibgarlik yoʻli bilan ota-onasining uyi va mashinasini oʻzlashtirib olgan[7]. Bobomurod Hamdamov va uning rafiqasi qizining firibgarlik harakatlari qurboni boʻlishgan, lekin keyinchalik bu holat haqiqatga toʻgʻri kelmasligi, kelini Nargiza Abduqayumovaning (kenja oʻgʻilning xotini) hamma narsaga aralashib, qizi va ota-onasi oʻrtasida nizo qoʻzgʻatganligi maʼlum boʻladi va bu bilan kelini butun Hamdamovlar oilasini sharmanda qiladi. 2022-yil dekabr oyidan beri Hamdamov Bobomurod qizi bilan yashab keladi va qizi bilan munosabatlari yaxshi, biroq turmush oʻrtogʻi kelinining qoʻlida vafot etgan.

Ijodidan foydalanish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bomurod Hamdamov Komilon Otaniyozovning shogirdi hisoblanadi[1]. Bobomurod Hamdamov qoʻshiqlari va ijodi oʻzbek sanʼatining „oltin fondi“ga kiritilgan. 2022-yil 1-avgustdan boshlab hukumat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining „Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida“gi qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga (1034-modda) muvofiq Bobomurod Hamdamov, Sherali Joʻrayev va Abdurauf Olimov asarlaridan litsenziya shartnomasi tuzmasdan har qanday shaklda va usulda foydalanish taqiqlandi[8][9].

2010-yilda Oʻzbekistonda Hamdamovning ikki yubileyi keng nishonlandi: ijodining 50 yilligi va tavalludining 70 yilligi. Bobomurod Hamdamov oʻzining 70 yillik yubilyeyini ikki joyda tugʻilgan joyi Turkmanistonda va sanʼatkor boʻlish yetishgan Xorazmda nishonlagan[1].

Mukofot va unvonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Doʻstlik ordeni (2020-yil 27-avgust) – xalqimizning ilmiy, intellektual va maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish, taʼlim, madaniyat, adabiyot, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari, mustaqillikni mustahkamlashga qoʻshgan munosib hissasi uchun Vatan ravnaqi, mamlakatimizda tinchlik va ijtimoiy-maʼnaviy barqarorlikni taʼminlash, koʻp yillik samarali jamoat faoliyati [10]
  • Oʻzbekiston SSR xalq artisti
  • Turkmaniston SSR xalq artisti
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq artisti
  • Oʻzbekiston xalq hofizi

Xalqaro jamiyatdagi nufuzi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hamdamov mashhur aktyor Raj Kapur bilan doʻstona munosabatda boʻlgan. U bilan Moskva (1967-yil) va Toshkentdagi kinofestivallarda uchrashib samimiy muloqot qilgan. Bobomurod Hamdamov Turkmaniston[11] va Tojikiston Respublikalarida muntazam konsert dasturlarini berib kelgan.

Jamiyatdagi nufuzi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bobomurod Hamdamovni dunyoning koʻplab mamlakatlarida muxlislari boʻlib, uning qoʻshiqlari va ijodini sevib tinglashadi. Qoʻshiqlari orasida „Kim ekan“ va „Lazgi“ qoʻshiqlari barcha yosh vakillarining sevimli taronalaridan biri sifatida hirgoya etiladi.

Ustoz sanʼatkor koʻp yillik tanaffusdan soʻng 2016-yil sentyabrda yana katta sahnaga qaytib, oʻz muxlislarini ijodi bilan xushnud etdi[12].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Бобомурод Ҳамдамов 70 ëшда“.
  2. „Oʻzbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov vafot etdi“. kun.uz (2024-yil 2-sentyabr). 2024-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-sentyabr.
  3. „Bobomurod Hamdamov judolikka uchradi“ (2022-yil 14-iyul).
  4. „O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamovning qizi uning mol-mulkini o‘z nomiga o‘tkazib oldi: Xonanda 81 yoshida ko‘chada qolishi mumkin“ (2020-yil 17-sentyabr).
  5. „“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)“ (2022-yil 3-dekabr).
  6. „«Кунига 1 000 доллар топганда талаш бўлган ота кексайганда ҳеч кимга керак бўлмай қолди» — Бобомурод Ҳамдамовнинг келини оиладаги келишмовчиликлар ҳақида (видео)“ (2022-yil 6-dekabr).
  7. „Дочь народного артиста Узбекистана обманным путем присвоила дом родителей и автомобиль“ (2020-yil 17-sentyabr).
  8. „Sherali Jo‘rayev va Bobomurod Hamdamov asarlaridan foydalanish taqiqlandi“ (2022-yil 3-avgust).
  9. „Bobomurod Hamdamov, Sherali Jo‘rayev va Abdurauf Olimov qo'shiqlaridan litsenziyasiz foydalanish taqiqlandi“ (2022-yil 3-avgust).
  10. Ukaz Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 27 avgusta 2020 goda „O nagrajdenii v svyazi s dvadsatidevyatiletiem nezavisimosti Respubliki Uzbekistan gruppi rabotnikov sfer nauki, obrazovaniya, literaturi, kulturi, iskusstva i sredstv massovoy informatsii“
  11. UZBYeKSKIY PYeVYeTs BOBOMUROD XAMDAMOV VISTUPIL V AShXABADYe
  12. „Mirziyoev vernul na ssenu opalnix uzbekskix zvezd“. 2021-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-sentyabr.