Kontent qismiga oʻtish

Bobomurod Nurillayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bobomurod Najmiddinovich Nurillayev
Tavalludi 10-may 1964-yil (1964-05-10) (60 yosh)
Nurota tumani, Navoiy viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi fizik olim
Sohasi fizika
Taʼlimi Toshkent davlat pedagogika instituti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari nomzodi
Ilmiy unvoni dotsent

Bobomurod Najmiddinovich Nurillayev (1964-yil 10-may, Nurota tumani, Navoiy viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, professor vazifasini bajaruvchi.

Bobomurod Nurillayev 1964-yil 10-may Nurota tumanidagi Papanay qishlogʻida chorvador oilasida tugʻilgan[1]. 1986-yilda Toshkent davlat pedagogika instituti fizika fakultetini fizika va astronomiya oʻqituvchisi ixtisosligi boʻyicha bitirgan. Ilk mehnat faoliyatini oʻzi oʻqigan Nurota tumanidagi 9-oʻrta maktabda oʻqituvchilikdan boshlagan. 1990—2017-yillardada Toshkent davlat pedagogika instituti „Umumiy va eksperimental fizika“ kafedrasi oʻqituvchisi, fizika-matematika fakulteti maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari, oʻquv ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari, Toshkent davlat pedagogika universiteti birlashgan kasaba uyushmasi talabalar bilan ishlash boʻyicha rais oʻrinbosari, fizika va astronomiya oʻqitish metodikasi kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. Hozirgi kunda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Fizika va uni oʻqitish metodikasi kafedrasida professor vazifasini bajaruvchi[1].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bobomurod Nurillayev 2007-yil „Umumiy fizika praktikumlarida boʻlajak oʻqituvchilarning eksperimental koʻnikmalarini shakllantirishning didaktik asoslari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan[2]. 6 ta o‘quv qo‘llanma va 8 ta metodik qo‘llanmalar muallifi. 2019-yilda dotsent ilmiy unvoni berilgan[1].