Boburiylar davlati bosh vazirlari roʻyxati
Bosh vazir | |
Mamlakat: | Boburiylar imperiyasi |
Boburiylar imperiyasining bosh vaziri Boburiylar hukmdori hukumatining eng yuqori martabali amaldori va imperatorning bosh maslahatchisi boʻlgan. Bu lavozim egasi Boburiylar imperiyasining hukumat boshligʻi vazifasini bajargan va boshqa vazirlarini boshqarish uchun javobgar boʻlgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boburiylar qoʻl ostidagi eng katta amaldor va bosh vazir turli xil Boburiy hukmdorlari davrida Vakil, Vakil-us-Sultonat, Vazir, Devon, Devoni Alo va Devon Vazir kabi turli unvonlarga ega boʻlgan[1]. Bobur va Humoyun davrida bu lavozim vazirlikda kuchli siyosatchilarning kamligi va siyosiy toʻntarishlar koʻpligi tufayli toʻliq rivojlanmagan. Shunga qaramay, har ikkala hukmdor davrida turli shaxslar bosh vazir lavozimiga teng boʻlgan lavozimlarga koʻtarilishgan. Humoyun davridagi islohotlar davomida Vakil va Vazir lavozimlarini joriy etishga harakatlar boʻlgan[2].
Akbar hukmronligining dastlabki yillarida bosh vazir lavozimini ilk bor rasmiy ravishda Bayramxon Vakil-us-Sulton sifatida qabul qilgan. U imperator ustidan sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Vaqt oʻtishi bilan Vakilning kuchi asta-sekin pasayib borgan[3]. Jahongir hukmronligi davrida Vakil lavozimi tugatilgan. Bundan keyin bu lavozim ham vazir deb nomlanadigan boʻlgan. Boburiy vazirlari ahl-i sayfdan (jangchilardan) emas ahl-i qalamdan (ilm ahli) tayinlangan[4]. Vakillik mansabining tugatilishi bilan bu lavozim ikki vazir va mir baxshi idoralariga boʻlinib, vazir moliya ishlari boʻyicha vazir, Mir baxshi esa harbiy ishlar vaziri boʻlgan[5][6]. Avrangzeb vafot etgunga qadar vazir lavozimi hech qachon podishohning hukmronligi uchun xavf tugʻdirmagan, chunki vazir toʻliq mustaqil harakat qila olmagan. Biroq, Avrangzeb vafotidan soʻng, vazir saroyda bosh vazir va moliya boʻyicha ishlarni toʻliq oʻz qoʻliga olgan. Shuningdek podshohning bosh maslahatchisi lavozimiga ham koʻtarilgan[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Sharma, Gauri. Prime Ministers Under the Mughals 1526-1707. Kanishka, New Delhi, 2006. ISBN 8173918236.
- ↑ Sharma, Gauri. Prime Ministers Under the Mughals 1526-1707. Kanishka, New Delhi, 2006. ISBN 8173918236.
- ↑ Sharma, Gauri. Prime Ministers Under the Mughals 1526-1707. Kanishka, New Delhi, 2006. ISBN 8173918236.
- ↑ Satish Chandra. Medieval India: From Sultanat to the Mughals Part - II, 2005.
- ↑ Abdul Qadir Husaini (Saiyid.). Administration Under the Mughuls. the University of Michigan, 1952.
- ↑ Jagadish Narayan Sarkar. Mughal Polity. University of Michigan, 1984 — 132-bet.
- ↑ Gauri Pandit. Status And Role Of Prime Ministers Under The Mughals 1526 To 1707. Panjab University, Chandigarh, 2004 — 60-bet.