Bodomiston
Qiyofa
Bodomiston | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 12 |
Davlat | Oʻzbekiston |
Bodomiston — Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi soy. Toʻpalangdaryo (Surxondaryo)ga quyiluvchi Kishtutsoytsht chap irmogʻi. Hisor va Qoldirgʻa togʻlari tutashgan joydagi muzliklar (3700 m)dan boshlanadi. Yuqori oqimida gʻarbga, soʻng jan.gʻarbga oqadi. Uzunligi 12 km, havzasining maydoni 91 km². Bodomistonning umumiy uz. 10 km boʻlgan 7 ta mayda irmogʻi bor, havzasida umumiy maydoni 5,9 km² boʻlgan 6 ta muzlik mavjud. Bodomiston suvayirgʻichida Surxondaryo havzasining eng baland (4643 m) joyi hamda eng katta muzligi (uz. 3,2 km, maydoni 3,0 km!) joylashgan. Qor va muz suvlaridan toʻyinadi, oʻrtacha yillik suv sarfi 2,7 m³/sek. Bodomiston suvi koʻpayganda (iyul—sentabr) oʻrtacha yillik suv sarfi 6,4 m³/sek boʻladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |