Bodomzor mahallasi
Qiyofa
Bodomzor Bodomzor mahallasi | |
---|---|
Mahalla | |
Mamlakat | O'zbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Yunusobod |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 (71) |
Pochta indeks(lar)i | 700000 |
Avtomobil kodi | 01 |
Bodomzor mahallasi—Yunusobod tumanidagi mahalla(Bodomzor 8-tor koʻcha,47). „Xiyabontepa“, „Mingoʻrik“ mahallari bilan chegaradosh.19-asr oʻrtalarida asos solingan. Eski shaharda Shayhontohur,Sebzor,Labzak,Beshogʻayni,Raiskoʻcha mahallalari fuqarolarining shu hududda bogʻ hovlilari boʻlgan. Bogʻ hovlilari Boʻzsuv kanali boʻyida joylashgani uchun koʻplab turli mevalar(oʻrik, yongʻoq, uzum, olma, nok, bodom, shaftoli, olcha, nok, gilos)yetishtirishgan. Shuning uchun mahallaga 1935-yil „Bodomzor“ nomi berilgan. Aholisi 2000 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, tatar, tojik millati vakillari yashaydi(2009).Mahalla hududida 2 ta oziq-ovqat doʻkoni, choyxona va bolalar sport maydonchasi mavjud. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 133-bet.