Kontent qismiga oʻtish

Bog'iston mahallasi (Uchtepa tumani)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bog'iston

Bog'iston mahallasi
Mahalla
Mamlakat O'zbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Uchtepa
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 (71)
Pochta indeks(lar)i 700106
Avtomobil kodi 01

Bogʻiston mahallasi (14-mavze guzari, 6-a uy) — Uchtepa tumanidagi mahalla. „Bogʻobod“, „Koʻhna Choʻponota“ mahallalari, Chilonzor tumanidagi sport internati bilan chegaradosh. 1966-yildagi zilziladan soʻng qurilgan. 1992-yilda Bogʻiston mahallasi tashkil etilgan. Aholisi 8656 kishi, asosan, o'zbeklar, shuningdek, 20 dan ortiq millat vakillari yashaydi (2009). Mahalla xududida 44 koʻp qavatli uylar, 2 ta bolalar bogchasi, „Bogʻiston-non“ qoʻshma korxonasi, oʻrta maktab, poliklinika, aloqa boʻlimi va 25 dan ortiq doʻkon, dorixona, sartaroshxona va turli savdo shoxobchalari mavjud[1].

  1. Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 147-bet.