Kontent qismiga oʻtish

Bojxona nazorati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bojxona nazorati — qonun xujjatlari va xalqaro shartnomalarga rioya etilishini taʼminlash maqsadida bojxona organlari amalga oshiradigan tadbirlar majmui. Bojxona nazorati bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan quyidagi yoʻllar bilan oʻtkaziladi: bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan xujjatlar va maʼlumotlarni tekshirish; jismoniy va mansabdor shaxslarni ogʻzaki soʻrab-surishtirish; bojxona koʻrigidan oʻtkazish; tovarlar, transport vositalari, binolar va boshqa joylarni bojxona tomonidan qiyoslash; tovarlar va transport vositalarini xisobga olish; xisobga olish va xisobot tizimini tekshirish; Bojxona nazoratidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tovarlar va transport vositalari turishi mumkin boʻlgan yoxud nazorat qilish bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyat amalga oshirilayotgan xududlar, binolar va boshqa joylarni tekshirish; qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda. Bojxona nazorati oʻtkazilayotganida inson, xayvonot va oʻsimliklar xayoti va sogʻligi uchun xavfsiz boʻlgan xamda tovarlar va transport vositalariga ziyon etkazmaydigan texnikaviy va boshqa vositalar qoʻllanishi mumkin. Bojxona nazoratini oʻtkazish qoidalari qonun xujjatlarida belgilanadi (OʻzR BKning 39-moddasi)[1].

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi