Kontent qismiga oʻtish

Bola huquqlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Bola huquqlari — inson huquqlarining bolaga nisbatan ishlatilishi. Bu sohadagi maxsus normalarning ishlab chiqilishi, bolaning jamiyatdagi alohida holati, ularning oiladagi o‘rni, yoshi bilan bog‘liq maxsus huquqlarning hamma davlat qonunchiligida belgilanmaganligi voyaga yetganlar huquqlarning barchasiga ega emasligidan kelib chiqadi. Bola huquqlari sohasiga tegishli xalqaro hujjatlarning ko‘pchiligi u yoki bu doirada yosh bolarga taauqlidir. Mustaqillikning dastlabki yillarida Oʻzbekiston Respublikasi qo‘shilgan birinchi xalqaro shartnoma Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi boʻlsa, keyingi xalqarolik boʻyicha asosiy shartnoma esa Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya hisoblanadi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 9-dekabrdagi 757-XII son qarori). Bu bilan O‘zbekiston bola huquqlari va erkinliklarini taʼminlash boʻyicha bir qancha xalqaro- huquqiy tajribalarni ham oʻz zimmasiga oldi. Maʼlumki, Bola huquqlarining milliy qonunchilikning asosini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tashkil qiladi. Unga muvofiq voyaga yetmaganlarning huquqlari davlat himoyasidadir. Bola huquqlarining kafolatlari sohasidagi munosabatlar OʻzR „Bola huquqlarining kafolatlari to‘gʻrisida“gi Qonuni bilan tartibga solingan[1].

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi