Bolalarda oʻtkir destruktiv pnevmoniya
Bolalarda oʻtkir destruktiv pnevmoniya — bolalarda qator oʻtkir bakterial pnevmoniyalar „o‘pkaning bakterial destruksiyasi (buzilishi)“ (OʻBD/B) deb ataladigan, oʻpkani destruktiv (buzuvchi) jarayonlarning rivojlanishi bilan kechadigan kasallik hisoblanadi[1]. Bu kasallik oʻtkir pnevmoniyalarning keng guruhidan ogʻir kechishi, oʻpka ichi abssesslarining hosil boʻlishi, plevral, baʼzan mediastinal keskinlashuvlarning ulanishi va yuqori letallik bilan ajralib turadi. Oʻpkaning bakterial destruksiyasi boʻlgan bolalarning erta diagnostikasi va oʻz vaqtida kasalxonaga yotqizib, jarrohlik boʻlimida davolash, oʻlim oqibatlar sonini sezilarli kamaytirish va davolash natijalarini yaxshilash imkonini berdi[1].
Etiologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi vaqtda destruktiv jarayon bilan kuzatiladigan bakterial pnevmoniyalar etiologiyasi (kelib chiqish sabablari)da pathogen (kasallik qoʻzgʻatuvchi) stafilokokk bilan bir qatorda, grammanfiy flora (proteya, sinegnoy tayoqchasi, klebsiell), shuningdek, uning assotsiatsiyalari bilan zararlanish chastotasi oʻsmoqda. Koʻpincha virus infeksiyasi OʻBDni yoqish mexanizmi boʻlib xizmat qiladi[1].
Tasnifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]OʻBDning koʻpgina tasniflanishlari mavjud, ular orasida oddiyligi va amaliyligi bilan ajralib turadigan Yu. F. Isakov (2004) tomonidan taklif qilingan tasniflanish eʼtiborni oʻziga jalb qiladi:
- I. Oʻpkaning oʻtkir bakterial destruksiyasi (buzilishi):
- Genez (kelib chiqishi) boʻyicha — birlamchi (aerobronxogen), ikkilamchi (gematogen).
- Kliniko-rentgenologik shakllar boʻyicha:
- — oʻpka ichi asoratlari bilan destruksiya (buzilish) (abssesslar (yiringlashlar), bullar (pufakchalar));
- — plevral asoratlar bilan destruksiya (buzilish): piotraks (plashsimon, chegaralangan, umumiy — plevra empiemasi (yiringlashi)), piopnevmotoraks va pnevmotoraks (chegaralangan, taranglashgan, taranglashmagan).
- • Kechishi boʻyicha — oʻtkir, choʻzilgan, septik.
- II. Oʻtkir distruksiya (buzilish) yakunlari (surunkali shakllari):
- • oʻpkaning surunkali abssessi (yiringlash);
- • plevra surunkali empiemasi;
- • plevra orttirilgan kistalari[1].
Klinikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]90% atrofida OʻBD oʻpkaning aerobronxogen zararlanishi bilan birlamchi hisoblanadi. Oʻpkaning gematogen infeksiyalanishi sezilarli darajada kam sodir boʻladi va yumshoq toʻqima va suyaklarning oʻtkir yiringli zararlanib, septik kechishida rivojlanadi (yiringli omfalitlar, flegmonalar, oʻtkir gematogen osteomielit (ilik yalligʻlannishi) va boshqalar). OʻBD koʻproq uch yoshgacha bolalarda rivojlanadi, bu kasallik kechishining qiyinlashishiga sabab boʻladi. OʻBDning boshlangʻich patomorfolofik davrlari bir, ikki hissasi yoki toʻliq oʻpkani egallagan holda, tez tarqalish mayliga ega boʻlgan oʻpkaning subplevral qatlamida infiltratning shakllanishi bilan xarakterlanadi. Klinik tomondan bu bolaning umumiy holati tez yomonlashuvi, intoksikatsiya (zaharlanish) oʻsishi, gipertermiya va nafas yetishmovchiligi bilan namoyon boʻladi. Koʻpincha neyrotoksik va astmoid alomatlar qoʻshiladi. Boshlangʻich davrda jismoniy maʼlumotlar juda kam boʻlishi mumkin: pnevmoniyaga xos boʻlgan xirrillash va oʻpka tovushining ifodalalangan zaifligi yoʻqligi, nafas olishning sezilmas sustlashishini kuzatish mumkin xolos[1].
Diagnostikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gemogrammada leykositoz neytrofil siljishlar va yuqori EChT bilan ifodalangan. Umumiy alomatlarning ustunligi kasallik diagnostikasini qiyinlashtiradi. Zarur diagnostika uchun oʻpkaning rentgenogrammasi va exoskanerlanishi hal qiluvchi usul boʻlib xizmat qiladi. Diagnostika va toʻgʻri davolash usulini tanlashning qiyinligini hisobga olgan holda, biz OʻBD shakllari klinikodiagnostik xususiyatlarining murakkabligi va asoratlar ogʻirligi oʻsib borishi tartibini alohidaalohida izohlashni maqsadga muvofiq deb topdik. OʻBDning bullyoz shakli, ayniqsa, yengil kechishi va ijobiy yakuni bilan ajralib turadi. OʻBDning patomorfologik bu shakli rentgenogrammada yaxshi koʻrinadigan, bullalar — dumaloq shakldagi havo boʻshliqlarining turli kattaliklarda va joylarda hosil boʻlishi bilan kichik bronx va bronxiolalar devorining uzilishi bilan mikroabssesslarning shakllanishida xarakterlanadi. Jarayonning ijobiy kechishi bullarda yiring yoʻqligi tufayli boʻladi. Bullar shakllanish vaqtida bolaning umumiy holati yaxshilanadi, isitmalash toʻxtaydi, ishtaha yaxshilanadi, periferik qon ahvoli normallashadi. Nafas yetishmovchiligi kasallikning bu shakli uchun xos emas. Koʻpgina kuzatuvlarda konservativ davolash (yoʻnaltirilgan antibiotik terapiya) samarali boʻladi, bullalar issiz yoʻqoladi. Oʻpkada absedirlanish (yiring paydo boʻlish) kechikkan diagnostika va notoʻgʻri davolashda infiltratsiya bosqichida rivojlanadi. Abssesslar turli kattalikda va lokallashuvda boʻlishi mumkin, baʼzan ikkala oʻpkada ham topiladi. Bronxda drenirlangan va drenirlanmagan shakllar farqlanadi. Ikkinchi shakl nisbatan ijobiy kechadi. Rentgenogrammada drenirlangan abssess bronxda suyuqlik darajasi bilan qoralashgan dumaloq shakllar namoyon boʻladi Drenirlanmagan abssessni infiltratdan ajratish qiyin. Bunday holatlarda Doppler usulida rangli kartogramma bilan exoskanerlash va infiltrat sohasining nisbatan exozichligi (exogistogrammalar) aniqlanishi dalil boʻladi. Drenirlangan abssess oʻpkaning yiringlagan kistasidan diagnostik farqlanish alomatlari abssess (yiring)ga xos va ingichka kapsula boʻlganida, kistaga xos boʻlgan oʻpka toʻqimasidan aniq chegaralanadigan perifokal infiltratsiya boʻlishi hisoblanadi. Infiltratning klinik absedirlanishi (yiring paydo boʻlishi) bola holatining yomonlashuvi, gektikkacha (sillasini quritadigan) yuqori isitma, intoksikatsiyaning oʻsishi, nevrologik va nafas olish buzilishlari ulanishi bilan namoyon boʻladi[1].
Asoratlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]OʻBDning bu shaklini ommaviy antibakterial va dezintoksikatsion terapiya bilan bir qatorda, davolanishi bronxial daraxtning bronxoskopik sanatsiyasini, kerak boʻlganida esa, katta va yomon drenirlanadigan abssesslarda drenirlanadigan bronx ogʻiz kateterizatsiyasini va abssess boʻshligʻining antiseptiklar bilan yuvilishini ham oʻz ichiga olishi kerak. Koʻrsatilgan terapiyaning samaradorligi vibratsion massaj, postural drenaj oʻtkazish va nebulayzer terapiya bilan birlashishga bogʻliq. Plevral asoratlar bilan OʻBD nafaqat oʻpka toʻqimasi, balki plevral pardalar zararlnishi bilan boʻladigan kasallikning eng ogʻir shakli hisoblanadi. Yalligʻlanish jarayoni eng avval visseral plevrani tortadi. Rivojlanayotgan yalligʻlanish faqatgina oʻpkaning butun sirtini egallaydigan va „plashsimon plevrit“ sifatida namoyon boʻladigan visseral plevra bilan cheklanishi mumkin. Plevritning bu shakli, koʻpincha suyak plevrasini ham egallaydi va notoʻgʻri davolanganda fibrotoraksga transformatsiyalanishi mumkin boʻlgan empiemaga aylanadi (piotoraks). Soʻnggisi oʻpkaning turgʻun kollabirlanishiga, zararlangan gemotoraks hajmi kichrayishiga, uzoq muddatlarda esa skoliozga olib keltiradi. Koʻpincha subplevral shakllangan va bronx bilan aloqasi boʻlgan abssesslar atonik, oson tushadigan terminal bronx va bronxiolalar hosil qiladigan klapan mexanizmi tufayli taranglashgan piopnevmotoraksni vujudga keltirib, plevral boʻshliqqa oʻtadi OʻBD asoratlarining bu shakli eng xavfli hisoblanadi va nafas olish va yuraktomir yetishmovchiligini kamaytirish maqsadida koʻkrak ichi bosimini dekompressiya qilinishidan iborat boʻlgan jarrohlik yordamini zudlik bilan oʻtkazilishini talab qiladi. Plevral pardalar orasidagi ulanishlarning hosil boʻlishi chegaralangan pio- yoki pnevmotoraks shakllanishiga olib keladi[1].
Davolash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davolash muvaffaqiyati mikroflora xarakteri va bolaning immun holatiga bogʻliq. Biroq, oʻz vaqtida diagnostika, toʻgʻri antibiotik terapiya va jarayonning rivojlanish davrlarida muolajaning jarrohlik uslublarini mos tanlanishi asosiy holatlar hisoblanadi. OʻBDlarning plevral asoratlarini davolashda jarrohning asosiy vazifasi plevral boʻshliqning samarali sanatsiyasi va kollabirlangan oʻpkani toʻgʻrilanishi, taranglashgan pnevmo- yoki piopnevmotoraksda passiv yoki faol drenirlash orqali plevral boʻshliqni dekompressiyasini oʻtkazish (Byullau boʻyicha) hisoblanadi. Damba-lam, plevral boʻshliqni faol, passiv drenirlanishida ham oʻpkani toʻgʻrilashga erishib boʻlmaydi, buning sababi bronxeoplevral teshiklar hisoblanadi. Bu asorat va oʻpka rearatsiyasini samarali yoʻqotish tadbiri teshikka ega bronxlarning qisqa muddatda (14-15 kun) qidiruv oklyuziyasi xizmat qiladi (V. I. Geraskin, 1984). Chegaralangan va total fibrotoraks (oʻpka deplevrizatsiyasi) jarrohlik bilan davolanish natijalari oʻta ogʻir va samarasiz hisoblanadi. Soʻnggi yillarda kasallikning erta diagnostikasi yaxshilanishi, keng spektral antibiotiklarning qoʻllanishi va oʻz vaqtida oʻtkazilgan jarrohlik muolajasi fibrotraksning shakllanish tezligini va OʻBD surunkali shakllarining rivojlanishini sezilarli ravishda qisqartirdi[1].