Kontent qismiga oʻtish

Bolalikning ilk davri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bolalikning ilk davri - bu inson rivojlanishining go'daklikdan keyingi va o'rta bolalikdan oldingi bosqichidir. Bu bosqich bir necha yillarni o'z ichiga oladi va bu davrni o'yin yoshi deb ham ataladi.

Psixologiyada bolalikning ilk davri atamasi odatda tug'ilishdan sakkiz yoshgacha bo'lgan vaqt oralig'idagi davrga nisbatan ishlatiladi[1], ya'ni chaqaloqlik, bolalar bog'chasi va birinchi sinf yoshidagi bolalarni qamrab oladi. Bu esa bolalikning ilk davrida uchta rivojlanish bosqichi mavjudligini ko'rsatadi[2].

Jismoniy o'sish va rivojlanish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu bosqichda miyada, ayniqsa frontal loblarda, asab tolalarining sezilarli sinaptik o'sishi va miyelinatsiya hosil bo'lishi kuzatiladi. Masalan, 2 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan davrda miya (inson rivojlaninshinig keyingi bosqichlariga qaraganda) ko'proq rivojlanadi[3]. Miyaning o'sishi kognitiv qobiliyatlarning o'sishi bilan birga kechadi. Taxminan, besh yoshlarda (yoki undan ertaroq ham) bolalar ravon gapira boshlaydilar va qo'llarini, ko'zlarini ongli ravishda boshqara oladilar.

Bolalarning jismoniy o'sishi quyidagi fiziologik qoida bo'yicha rivojlanib boradi: katta muskullar kichik muskullardan oldin rivojlanadi. Katta muskullar yurish, yugurish va boshqa jismoniy faoliyat uchun ishlatiladi. Bu qo'pol motorli ko'nikmalar deb nomlanadi. Kichik muskullar nozik vosita qobiliyatlari uchun ishlatiladi, masalan, narsalarni olish, yozish, chizish, otish va ushlash kabi[4].

Kognitiv o'sish va rivojlanish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jan Piaget tomonidan operatsiyadan oldingi bosqich deb ataladigan bu bosqichda bola qayta-qayta "Nima uchun?" deb so'raydi va bu bola bilan munosabatlarni o'rnatishga yordam beradi. Bola hali mavhum fikrlash operatsiyalarini bajara olmaydi. Bola nima haqida gapirilayotganini ko'ra olishi kerak, chunki ular mantiq, xiyonat, tafakkur va hokazo tushunchalarni tushunmaydi. Bu ular tom ma'noda o'ylashlarini anglatadi: agar bolaga "qorong'u tushmoqda" deb uxlash kerakligi aytilsa, ular qanday qilib tun (so'zma-so'z) osmondan tushishini so'rashadi. Shuningdek, ular har bir ob'ektda insoniy xususiyatlarni ko'radilar va yana egosentrizmni ham namoyon qiladilar (egoizm bilan adashtirmaslik kerak!). Tadqiqotlarga ko'ra, ular boshqa odamning e'tiqodi borligini tushunmaydilar va bu yoshdagi bolalar o'zlari hayol qilgan narsalarni hamma o'ylaydi deb tasavvur qiladilar. Bu davrdagi bolalarda idrok etishning diqqat markazida bo'lish masalasi ham mavjuddir[5].

Ijtimoiy-emotsional o'sish va rivojlanish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hissiy rivojlanish ifodalar, bog'lanish va shaxsiyat kabi atamalarni o'z ichiga oladi[6]. Bolalar qorong'ulikdan va yirtqich hayvonlardan qo'rqishadi, taxminan uch yoshga to'lganlarida ular o'g'il yoki qiz ekanliklarini payqashadi va shunday harakat qilishni boshlaydilar. O'g'il bolalar odatda ko'proq tajovuzkor bo'lsa, qizlar ko'proq mehribonlik ko'rsatadi. Ushbu bosqichda individual farqlar sezilarli bo'ladi.

Onaning etnik kelib chiqishi, ta'lim darajasi,farzand ko'rgan yoshi va hatto nechta uka-singillari borligi, shuningdek,qashshoqlik, jazo, tushkunlik va yolg'iz ona bo'lish kabi omillar bolaning o'zini tutishi bilan bog'liq vaziyatlarga juda katta ta'sir o'tkazadi.

Eng ko'p o'rganilgan ma'lumotlar tug'ilishdan uch yoshgacha sodir bo'ladi, bu davrda inson hayotning boshqa har qanday bosqichdagi o'sishga qaraganda tezroq rivojlanadi. Yosh bolalarning ota-onalari yoki vasiylari tomonidan ko'rsatilgan sevgi, mehr, dalda va ruhiy rag'batlantirish bolaning rivojlanishga yordam beradi. Hayotning bu davrida miya tez o'sib boradi va ma'lumotni qabul qilish osonroq bo'ladi.Dastlabki yillarda bolaning miyasi kengayadi. Bolaning erta rivojlanishida kattalar ham, bolalar (boshqa bolalar bilan muloqot qilish) ham muhim rol o'ynaydi. Tengdoshlar bilan yaqin munosabatlar kuchli ijtimoiy aloqalarni rivojlantiradi, ya'ni keyinchalik bunday bolalar odamlar bilan muloqot qilishni yoki do'stlik aloqalarini o'rnatishni afzal ko'rishadi. Howes (1983) tadqiqoti chaqaloqlar va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun do'stlikning o'ziga xos xususiyatlari borligini isbotlab bergan[7].

  1. „National Association for the Education of Young Children“. About Us. Qaraldi: 2018-yil 12-iyul.
  2. Doherty, J. and Hughes, M. (2009) Child Development; Theory into Practice 0–11 (1st ed). Harlow, Essex; Pearson. pp. 8.
  3. Berk, Laura (2008). "Exploring Lifespan Development", p. 222. Ally and Bacon, Boston. ISBN 978-1-256-36323-1.
  4. no author. (2010) By Leaps and Bounds: Physical Development [online], Available: https://www.pbs.org/wholechild/parents/dev.html [02.04.2014]
  5. „Preoperational Stage - Egocentrism | Simply Psychology“. www.simplypsychology.org. Qaraldi: 2020-yil 15-may.
  6. Doherty, J. and Hughes, M. (2009) Child Development; Theory into Practice 0–11 (1st Edn). Harlow, Essex; Pearson.pp 8.
  7. No author (2013). Social-Emotional Development Domain. [Online], Available: http://www.cde.ca.gov/sp/cd/re/itf09socemodev.asp#iwp[sayt ishlamaydi] [02/04/2014]