Bolero
Bolero (ispancha bolero) — ispan xalq raqsi. Surʼati oʻrtacha, oʻlchovi 3/4. Bolero odatda gitara va baraban joʻrligida ijro etiladi, raqsga tushuvchilar kastanyetalarda murakkab ritmlarni chalib, baʼzan qoʻshiq ham aytishadi. Yakka, juft va boshqa turlari mavjud. Bolero taxminan 1780-yilda paydo boʻlgan, ispan xalq bayramsayillarida ijro etilgan. 19-asrda kompozitorlarning sahna asarlari (xususan, opera va balet) ga kiritilgan, keyinchalik mustaqil musiqa asari (F. Shopen, I. Albenislarning fortepiano kuylari, M. Glinka, A. Dargomijskiy, L. Deliblarnint romanslari va boshqalar) sifatida ham rivoj topgan. Oʻzbekistonda Nayuiy nomidagi opera va balet teatrida M. Ravelning mashhur "Bolero" asari asosida balet sahnaga koʻyilgan, kompozitor S. Karimxoʻjayevning "M. Ravel xotirasiga" deb nomlangan xoreografik poemasi (1974) aynan mazkur asariga taqlidan yuzaga kelgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |