Kontent qismiga oʻtish

Boliviyada Islom

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Boliviya asosan nasroniylar mamlakati boʻlib, musulmonlar juda ozchilikni tashkil qiladi. Boliviya konstitutsiyasiga koʻra, mamlakat dunyoviy davlat. Shu sababli musulmonlar mamlakatda diniy targʻibot qilish va ibodatxonalar qurishda erkindir. Boliviyada islom boʻyicha statistik maʼlumotlarga koʻra, musulmonlar soni ikki ming atrofida boʻlib, 11.220.000 aholining 0,017 foizini tashkil qiladi[1].

2004-yilda birinchi rasmiy sunniy masjidi Yebel An Nur masjidi La-Pasda tashkil etilgan. Yebel An Nur masjidi Santa Kruzdagi sunniy Boliviya islom markazi bilan yaqin aloqada bo'lib, o'zini o'zi moliyalashtiradi[2].

  1. Miller, Tracy, muh. (October 2009), Mapping the Global Muslim Population: A Report on the Size and Distribution of the World's Muslim Population (PDF), Pew Research Center, 35-bet, 2009-10-10da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2009-10-08
  2. „Mezquita Yebel An Nur“. Mezquita Yebel An Nur.