Kontent qismiga oʻtish

Bolta

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oʻtinchi boltasi

Bolta oʻtin kesish-chopish uchun; urushlarda qurol; tantanalarda koʻrgazmali ramz sifatida qoʻllaniladigan asbobdir. Boltalarning bir necha turi mavjud; biroq barchasi baribir bosh va soptan iborat.

Bolta — yogʻochni chopish, kesish, yoʻnish, yorish, daraxt agʻdarish uchun ishlatiladigan dastaki qurol. Metall kallak va yogʻoch dastadan iborat. Tigʻi dastasiga parallel boʻladi. B. kallagi uglerodli poʻlatdan tayyorlanib, tigʻiga asbobsozlik poʻlati payvandlanadi va toblanadi, dastasi qattiq yogʻochdan 40—50 sm uzunlikda yasaladi. B. ning katta bolta (ogʻirligi 3 kg gacha), oʻrta bolta (2,5 kg gacha), boltacha (1 kg gacha) va oybolta kabi xillari bor. Neolit va jez asrlarida yoʻnib tayyorlangan tosh B. lar ishlatilgan. Jez davrida zoʻgʻotali (dasta uchun teshikli) mis va jez B. paydo boʻlgan; temir asrida zoʻgʻotali temir B. tarqalgan. 19.a. oxirlarigacha B. yasash temirchiliknlng alohida tarmogʻi boʻlib, B. ustasi boltachitemirchi deb yuritilgan. Osiyoda jangovar bolta — oybolta ayniqsa koʻpaygan. B.ni Buxoro va Samarqandda "tovar" (fors.toj. — tabar) deb atashgan. B. "Devonu lugʻotit turk" (11 a.) da baldu, "Tafsir" (12-asr) da bolta, "Muqaddimat uladab", "Qisas ulanbiyo" (13— 14-asrlar), "Boburnoma" (15—16-asrlar) da boltu tarzida uchraydi.[1]

Boltalarning qadimgi davrlardagi nusxalari yogʻoch sopga bogʻlangan toshdan iborat edi. Keyinroq ishlov usullari rivoji bilan bolta boshi mis, jez, temir va poʻlatdan tayyorlana boshlandi.

Bolta mexanik jihatdan egri tekislik prinsipi asosida ishlaydigan qoziqsimon boshli oddiy qurilmadir. Bolta boshining keti qalin, tigʻi yupqa boʻlgani uchun kesish uchun kerakli, bolta sopiga (yelkasiga) beriluvchi kuch juda samarali boʻladi.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil