Boltiq qalqoni
Boltiq qalqoni — Sharkiy Yevropa platformasining shim.gʻarbiy qismida, uning tokembriy burmali fundamentining yer yuzasiga chiqib qolgan qismi. Nisbatan yoshroq choʻkindi jinslari qoplami deyarli uchramaydi. Rossiyaning shim.garbiy (Kareliya Respublikasi, Murmansk viloyati) qismi, Finlandiya va Shvesiya hududlarini oʻz ichiga oladi. Fundamentining tokembriy jinslari kuchli metomorflashgan va murakkab joylashgan boʻlib, turli yoshga mansub majmualardan iborat. Arxey va quyi proterozoy jinslari (gneyslar, kristalli slaneslar va boshqalar) dan tuzilgan. Ularning mutlaq yoshi 3500 mln. yildan 2700— 2500 mln. yilgacha. Proterozoyning nisbatan yoshroq Kareliya va svekfin majmualari koʻproq tarqalgan, ular burmali sistemalar hosil qilib, shakllanishi bundan 1850—1750 mln. yil avval yakunlangan. Shuningdek granitrapakivlar ham rivoj topgan (1640— 1620 mln. yil). Paleozoydan boshlab vaqtvaqti bilan koʻtarilgan. Boltiq qalqoni da temir rudasi (Shvesiya, Rossiya Federatsiyasi), mis-nikel rudalari (RF), paleozoy ishqorli intruziyalari orasida apatit (Xibin, Rossiya Federatsiyasi) konlari bor.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |