Kontent qismiga oʻtish

Boma

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Boma — Kongo Demokratik Respublikasi gʻarbidagi shahar. Aholisi 246 ming kishi (1991). Atlantika okeani qirgʻogʻidan 75 km ichkarida, Kongo daryosi estuariysidagi port (dengiz kemalari kiradi); chetga oʻrmon va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari (palma moyi, banan, kakao, kauchuk) eksport qilinadi. K x. mahsulotlari qayta ishlanadi; kimyo, yogʻochsozlik, metallni qayta ishlovchi korxonalar bor. Kema taʼmir qilinadi. Baliq ovlanadi. Shaharga 16-asrda asos solingan. 1886—1926-yillarda Belgiya Kongosi maʼmuriy markazi boʻlgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil